Zargʻaldoq - Oʻzbekistonga bahorda kelib, kuzda qishlash uchun Hindistonga ketadi. Zarg'aldoq odatda, togʻ oʻrmonlarida, baʼzan toʻqay va vohalarda hayot kechiradi. Daraxt shoxlariga uya soladi. May oxirida 3— 4 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumdan 14—15 kundan keyin jish joʻja chiqadi. 18—19 kundan soʻng joʻjalar uchirma boʻladi. Zarg'aldoq qurt va qoʻngʻizlar bilan oziqlanadi. Bogʻ va oʻrmon zararkunandalarini qirib, foyda keltiradi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar