Zeya — RF Amur viloyatidagi daryo, Amur daryosining chap irmogʻi. Uzunligi 1242 km, havzasining maydoni 233 ming km. Stanovoy tizmasining jan. yon bagʻirlaridan boshlanadi. Oʻrtacha suv sarfi 1910 m3/sek. Oʻngdan Bryanta, Gilyuy, Urkan, chapdan Dep, Selemja, Tom kabi irmoqlar quyiladi. Koʻproq yomgʻirdan suv oladi. noyabr boshlarida muzlab may boshlarida muzdan boʻshaydi. Suvi keskin koʻpayganda toshadi. Zeya GES dan quyiroqda va suv omborida kema qatnaydi. 3. boʻyida Blagoveshchensk, Zeya, Svobodniy sharsharalari borOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Rossiyadagi daryolar