Idris () – Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Rivoyat qilishlaricha, Idris yer yuzida 365 yil yashagan. Bu olijanob, taqvodor insonni Alloh „yuksak martabaga koʻtargan“:
Islomshunoslar Idrisni Bibliyadagi Enoh, baʼzan Ezdra kabi shaxslar bilann taqqoslaydilar. U ajal farishtasini aldab, jannatga kirgan va Allohga sadoqati uchun qiyomat kunigacha oʻsha joyda yoki yetti osmonning birida krldirilgan. Idris islom rivoyatlaridagi Ilyos va Xizr hazratlari singari „abadiy barhayot“ hisoblanadi. U xat va yozuvni, kiyim tikib, kiyinib yurishni boshlab bergan, yulduzlarga qarab taqdirni aytib berishni, vaqt hisobini bilgan paygʻambardir. Tikuvchilar piri hisoblanadi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Islom paygʻambarlari