YENSEN (Jensen) Yoxannes Xans Daniyel (1907.25.6, Gamburg – 1973-yil, 11-noyabr, Geydelberg) – nemis nazariyotchi fizigi. Gamburg universitetini tugatgan (1932). Ilmiy ishlari atom yadrosi nazariyasi va qattiq jism fizikasiga oid. Fanga spin-orbital bogʻlanish tushunchasini kiritgan. Geppert-Mayerazya mustaqil ravishda yadroning qobiq modelini ishlab chiqqan. Kristallarda ionlarning oʻzaro taʼsirlashishini oʻrgangan va kristallar toʻliq energiyasining atomlararo masofaga bogʻliqligini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1963)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yilNobel mukofoti sovrindorlari.
Manbalar
Turkum:Nemis fiziklari Turkum:1907-yilda tugʻilganlar Turkum:1973-yilda vafot etganlar Turkum:Fizikaga oid chala maqolalar Turkum:Germaniyalik Nobel mukofoti sovrindorlari