Kalaxona majmuasi - Ozarbayjondagi meʼmoriy yodgorlik majmui (XVII asr). Shemaxa sh.ning Kalaxona qishlogʻida joylashgan. 9 maqbaradan 8 tasi saqlangan. Maqbaralardan birining chuqur ravoqli eshigi tepasidagi kitobasida qurilgan yili (1663), usta Abdul Azim Sarkor nomi saqlangan. Maqbara 8 qirrali, piramida shaklida, kulohiy gumbazi pishiq gʻishtdan qurilgan. K.m. 1960 yilda taʼmirlangan. Maqbaralarning tashqi koʻrinishi, gumbazlari Faxriddin Roziy maqbarasi, Sulton Takash maqbarasi, Jahongir maqbarasi, Qaldirgʻochbiy maqbarasi kabilarga oʻxshashdirOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Ozarbayjon meʼmoriy yodgorliklari‎