Kama yoki Chulman (Rus: Ка́ма, , ) — Rossiya Federatsiyasining Yevropa qismidagi daryo. Dolgoning eng yirik chap irmogʻi. Yuqori Kama qirlarining markaziy qismidan boshlanadi. Vishera daryosi quyilgandan soʻng sersuv daryoga aylanib, Kama suv omboriga quyiladi. Uzunligi 1805 km, havzasining maydoni 507 ming km. Oʻrtacha suv sarfi 3500 m’/sek. Kamada Kama, Votkinsk, Quyi Kama GESlari qurilgan. Asosiy irmoqlari: Vyatka, Oq Idil, Chusovaya, Vishera va b. Kamada Kerchevskiy posyolkasigacha muntazam kema qatnaydi. Kama boʻyida Solikamsk, Berezniki, Perm, Yorcholli sh.lari joylashgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Rossiyadagi daryolar