Kvebek (, talaffuzi: ; , talaffuzi: yoki ) – Kanadaning janubi-sharqiy qismidagi shahar; Kvebek provinsiyasining maʼmuriy markazi. San-Lavrentiy daryosining quyilish yerida. Aholisi 549,5 ming kishi (2021); koʻpchiligi kanadalik fransuzlar. Kvebek muhim temir yoʻl tuguni. Yirik dengiz porti (yillik kj ortib-tushirish 1,5 million tonna). Kvebek orqali chetga yogʻoch-taxta, qogʻoz, gʻalla, sut mahsulotlari, asbest chiqariladi. Yogʻoch tilish, sellyuloza-qogʻoz, kemasozlik, koʻn poyabzal, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Turistlar koʻp keladi. Laval universiteti, institutlar, Kvebek provinsiyasi muzeyi, universitet muzeyi bor. Meʼmoriy yodgorliklardan XVII–XIX asrlarga oid binolar, San-Lavrentiy daryosiga qurilgan koʻprik va boshqa saqlangan. Shaharga 1608-yilda asos solingan.
Aholisi
Manbalar
Adabiyotlar Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Havolalar
(inglizcha)
Turkum:Kvebek Turkum:Kanada shaharlari