250px|thumb|Landshaft Landshaft ( — yer, shaft-oʻzaro aloqadorlik,birikkanlik ) — tipologik tabiiy komplekslarni umumlashtiruvchi tushuncha: geologik zamini, relyefi, iqlimi, tuproqlari, oʻsimlik turkumi, hayvonot dunyosi, gidrologik rejimining bir xilligi bilan ajralib turadigan va tabiiy chegaraga ega boʻlgan hudud.

Landshaftshunoslikda landshaftning 3 xil tushunchasi mavjud: regional tushuncha, bunda landshaft yer yuzasining tabiiy chegaralangan uncha katta boʻlmagan qismi tushuniladi; tipologik birlik boʻlib, bunda lanshaft termini barcha tasnif birliklariga nisbatan qoʻllanadi; umumiy tushuncha, bu holda landshaft terminini turli katta-kichiklikdagi tabiiy geografik komplekslarga nisbatan qoʻllanilyshi mumkin. Masalan, tundra landshaft, dasht landshaft, togʻ va hokazo.

2) meʼmorlikda — bogʻ-rogʻli joylarning umumiy koʻrinishi, manzarasi;

3) tasviriy sanʼatda — manzara janri.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Yana qarang

Geografik landshaft; Madaniy landshaft.

Manbalar

Turkum:Geografik terminlar Turkum:Tasviriy sanʼat Turkum:Tabiiy geografiya