Sharh surasi (, nomining maʼnosi — ) — Qurʼonning -surasi. suralardan biri, oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning -sahifasida va -juzida joylashgan. -boʻlib nozil boʻlgan.

Sharh - ochish. Bu yerda Rasululloh dillarining ilm-u hikmat bilan ochilishi muroddir.

Asosiy mavzusi Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ey, Muhammad,) koʻksingizni (ilm-u hikmatga) keng ochib qoʻymadikmi?!

2. Sizdan yukingizni olib qoʻydik,

3. qaysiki, belingizni ezib turgan edi.

Izoh: Bellarini ezib turgan yuk On hazratdan sodir boʻlgan baʼzi kichik sahv-u xatolar. Chunonchi "Abasa" surasi izohida qayd etildi.

4. Zikringizni (martabangizni) ham baland qilib qoʻydik.

5. Bas, albata, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.

6. Albata, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.

7. Bas, (ey, Muhammad,) qachonki, (namozdan) foriq boʻlsangiz, (oʻrningizdan) turing

8. va Rabbingiz sari ragʻbat (bilan iltijo) qiling!

Manbalar