thumb|250px|Markaziy Buxoro kollektori Jondor yaqindaMarkaziy Buxoro kollektori – Buxoro viloyatida qurilgan yirik gidrotexnika inshooti. Zarafshon daryosi (Qorakoʻldaryo)ning Duob gidrouzelidan Mohankoʻl kollektorigacha boʻlgan oʻzanini chuqurlashtirib, kengaytirib, 1971-yilda qurib bitkazilgan. Uzunligi 51 km. Kollektorga Buxoro, Jondor, Vobkent va Romitan tumanlari hududidagi kollektor-drenaj tarmoqlarida yigʻiladigan suvlar tashlanadi. Kollektorning umumiy suv yigʻish maydoni 64,6 ming ga. Suv oʻtkazish imkoniyati 40 m³/s. M.Markaziy Buxoro kollektori Mohankoʻl kollektoriga tugashtirilgan va suvi Mohankoʻlga quyiladiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston suv kanallari Turkum:Oʻzbekiston gidrotexnik inshootlari Turkum:Buxoro viloyati geografiyasi