Sodiq Aliyevich Masumov (1901.13.5, Ashxobod — 1977-yil, 1-noyabr, Toshkent) — xirurg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1946). Turkiston universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1926), shu universitet xirurgiya klinikasida ordinator (1926 — 30), assistent (1930—37), Toshkent tibbiyot akademiyasi umumiy xirurgiya kafedrasida (1943—45), keyin gospital xirurgiya kafedrasida (1951—73) mudir. 1973-yildan professor konsultant. Asosiy ilmiy ishlari Oʻzbekistondagi endemik buqoqni, meʼda va ichakning yara kasalligini xirurgik usulda davolash, endemik buqoq gistopatologiyasiga, qorin boʻshligʻi kasalliklarini aniqlashga oidOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Havolalar https://newspaperarchive.com/obituary-clipping-jan-13-1977-2167270/
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1901-yilda tugʻilganlar Turkum:13-mayda vafot etganlar Turkum:1977-yilda vafot etganlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Ashxobodda tugʻilganlar