Mahmudov Mahtumquli Xudoyberdiyevich (1969.29.7, Angor tumani) — kurashchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi, „Oʻzbekiston iftixori“ (2000). 10 yoshidan kurash bilan shugʻullanadi. Mahmudov Toshkent avtomobil yoʻllar institutini tugatgan (1992). At-Termiziy xotirasiga bagʻishlangan xalqaro musobaqalarning bir necha bor gʻolibi (1995, 1997, 1999). 73 kg vaznda Oʻzbekiston chempioni (2000, Samarqand), jahon chempionati bronza medali sovrindori (1999, Toshkent), jahon chempioni (2000, Antaliya)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston kurashchilari‎