thumb|200px|right|Robert Cox Merton (2010) Robert Cox Merton (1944, Nyu-York) — amerikalik iqtisodchi. Kaliforniya texnologiya instituti magistri (1967), Kembrij (Massachusets texnologiya instituti) universiteti professor (1969–1980), Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi direktori (1979), Garvard universiteti qoshidagi Ish boshqaruvchilar oliy maktabi professor Ilmiy ishlari nomaʼlumliklar iqtisodiyoti, axborotlar, matematik iqtisodiyot va modellashtirish, moliya va investitsiya masalalariga bagʻishlangan. M. ikkilamchi qimmatli qogʻozlar yoki "derivativ"larning opsionlari qiymatini baholashda foydalaniladigan "Blek-Skoulz formula"sini yechishning yangi uslublarini yaratdi. Natijada bu formuladan keng foydalanish imkoniyati paydo boʻldi. Nobel mukofoti laureati (1997; Myron Scholes bilan birga).OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Iqtisodchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari Turkum:Bolonya universiteti faxriy doktori