Mullanafas Qodirberdi oʻgʻli (1810, Seraxs yaqinida (hozirgi Ashxobod viloyati) — 1862) — turkman shoiri, musiqachi. Madrasada tahsil olgan. Insoniy sevgi, mehr-muhabbat Mullanafas lirikasining bosh mavzusi hisoblanadi.

Asarlarida oʻz davrining ilgʻor kishisi sifatida ayollarni, ularning aql-u zakovati, goʻzalligi va samimiyligini aks ettirgan („Sevgilim“, „Kelaqol“, „Unutma“, „Durdaxonga“ va boshqalar). Mullanafas sheʼriyati hayotiy voqealarga boy. Sheʼrlarida xalqning hayoti va urf-odatlari tasvirlangan. Ayrim sheʼrlari baxshilar repertuaridan yozib olingan. „Zuhra va Tohir“ ijtimoiy-romantik dostoni mashhur. Sharq xalqlari oʻrtasida mashhur syujet asosida yozilgan mazkur doston turkman sheʼriyatining eng salmoqli asarlaridan biridir. Bu doston asosida musiqali drama va opera yaratilgan.

Asarlari oʻzbek tiliga tarjima etilgan, hofizlar repertuaridan oʻrin olgan.

Adabiyot Kekilov A., Velikiy lirik, Ashxabad, 1963.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Buxoro madrasalarida tahsil olganlar Turkum:Musiqachilar Turkum:Turkmaniston kishilari Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar