Joʻrabek Murodov — () — taniqli tojik qoʻshiqchisi, bastakori va shoiri. 1974-yil J. Murodovga Tojikiston xalq artisti va 1979-yil SSSR xalq artisti unvoni berilgan.

Murodov Joʻrabek (1942.24.12, Tojikiston, Ayniy tumani) — tojik xonandasi (lirik tenor) va bastakor. Milliy mumtoz, zamonaviy kompozitor hamda bastakorlar asarlarining mohir ijrochisi. Tojikiston xalq, artisti (1971). Xoʻjand pedagogika institutini tugatgan (1962). 1963-yildan Tojikiston filarmoniyasi yakkaxoni. Oʻzining shirador va taʼsirchan ovozi bilan sheʼr mazmuni va nazokatini, insoniy tuy-gʻularni tinglovchi qalbiga tugal va mohirona yetkazish M. talqiniga xos. Repertuarida tojik xalq qoʻshiklari va zamonaviy ashulalar muqim oʻrin tutadi. "Vatan", "Ona", "Zamin", "Non ushogʻi", "Doʻstlarni yoʻqotma", "Mening koʻzlarim", "Roʻdakiy qoʻshigʻi", "Yor diydori", "K,alb zorini qaydan bilasan?", "Ul lolaruxsor" kabi qoʻshiqlari mashhur. Shuningdek, turli xalqlarning qoʻshiklari M. ijro dasturini boyitdi. Bastakor sifatida Hofiz Sheroziy, Jomiy, Rumiy, Bedil gʻazallari va M. Tursunzoda sheʼrlariga yaratgan kuylari mashhur. Osiyo, Yevropa, Amerika mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekistonda bir necha bor gastrolda boʻlgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar va qoʻshiqlar

# Qoʻshiq Qoʻshiqchi Vaqtlari 01 "Зулайхо"Joʻrabek Murodov qoʻshiqchi http://jmc.tj/site/en/galereya-en/music-en.html Joʻrabek Murodov 02 "Nay navosi" Joʻrabek Murodov 03 "Vatan" Joʻrabek Murodov 04 " Joʻrabek valsi" Joʻrabek Murodov 05 "Sanam" Joʻrabek Murodov 06 "Safar qildim" Joʻrabek Murodov 07 "Dadjonim" | Joʻrabek Murodov

| 08 | "Dadam" Joʻrabek Murodov 09 "Munojot" | Joʻrabek Murodov

| 10 | "Ona yuraki" Joʻrabek Murodov Mukofotlar Tojikiston xalq artisti (1974) SSSR xalq artisti (1979) Samarqand iftikhorli fuqarosi (1980) Bukhoro iftikhorli fuqarosi (1980) Nurato iftikhorli fuqarosi (1982).

Manbalar

http://jahonnamo.tj/ru/component/k2/item/1516-%D0%BC5%D1%83 Джурабек Муродов

Turkum:Tojikiston qoʻshiqchilari Turkum:Tojikiston xalq artistlari Turkum:SSSR xalq artistlari Turkum:Bastakorlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar