Yevgeniy Lvovich Navrotskiy (1886, Kiyev — 1921-yil, 2-yanvar, Toshkent) — seleksioner olim, Oʻzbekistonda oʻrta tolali gʻoʻzaning dastlabki seleksiya navlarini yaratgan. Andijon tajriba dalasi seleksioneri (1912—20). Russel va Triumf amerika gʻoʻza navlaridan koʻp marta tanlash usuli bilan Navrotskiy [(0100), 1913] va Navrotskiy zafari (Triumf Navrotskogo, 0251), 1915] navlarini chiqardi. Navrotskiy yaratgan gʻoʻza navlari paxtachilikning rivojlanishida katta rol oʻynadi va XX asrning 20-yillaridan Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda ekilgan asosiy navlar boʻldi.
N.ning asosiy ilmiy ishlari gʻoʻza navlarini yaratish va sinash masalalariga bagʻishlanganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:1886-yilda tugʻilganlar Turkum:1921-yilda vafot etganlar Turkum:1-fevralda vafot etganlar