Marcelo Nuno Duarte Rebelo de Sousa (, 12-dekabr 1948-yil, Lissabon) – portugaliyalik siyosatchi va olim. 2016-yil 9-martdan Portugaliya prezidentiRebelo de Sousa wins Portuguese presidencyYexit poll: Marselu Rebelu di Soza pobejdaet na viborax v Portugalii | RIA Novosti.
Biografiyasi Marcelo Rebelo de Sousa Lissabonda tugʻilgan. Baltasar Rebelo de Sousa (1921–2001) va uning rafiqasi Mariya das Neves Fernandes Duartening (1921–2003) toʻngʻich oʻgʻli. Onasi tomondan yahudiy kelib chiqishini daʼvo qilgan. Uning ismi Marcello Caetano sharafiga berilgan.
Marselo Rebelo de Sousa konstitutsiyaviy huquq va maʼmuriy huquq mutaxassisi va publitsist boʻlib, Lissabon universitetida huquqdan dars bergan. Doktorlik darajasiga egaTeaching staff, Faculty of Law, University of Lisbon .
Marselo Rebelo de Sousa oʻz faoliyatini „Estado Novo“ partiyasida yurist sifatida boshlagan, keyinroq jurnalist boʻlgan. Xalq demokratik partiyasiga aʼzo boʻlib, Respublika Majlisiga deputat boʻldi. Bu vaqt ichida 1976 yilda Portugaliya konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqishda qatnashdiVince Chadwick (24 January 2016), Portugal elects Rebelo de Sousa as president Politico Europe.. Bosh vazir Fransisko Pinto Balsemao davrida parlament ishlari vaziri lavozimiga koʻtarildi. Pinto Balsemãoga tegishli „Expresso“ gazetasining asoschisi, direktori va maʼmuri boʻlgan. „Sedes“ gazetasining asoschisi. 1983 va 1987-yillar oraligʻida „Semanario“ gazetasi bilan ishlagan. TSF radioeshittirishida siyosiy tahlilchi va ekspert boʻlgan.
1989-yilda u Lissabon merligiga nomzodini qoʻydi, ammo Jorge Sampaioga yutqazdi. Kaskay shahar assambleyasi prezidenti (1979–1982) va Seloriko de Basto shahar assambleyasi prezidenti (1997–2009) boʻldi.
2016-yil 24-yanvarda Marcelo Rebelo de Sousa ovoz berishning birinchi bosqichida Portugaliya prezidenti etib saylandiPaul Ames (24 January 2016), 5 takeaways from Portugal’s presidential election Politico Europe.. Saylov kampaniyasi davomida siyosiy boʻlinishlarni va Portugaliyaning 2011-14 yillardagi qutqaruv dasturidagi qiyinchiliklarni tuzatishga vaʼda berdi. Oʻzidan oldingi prezident Silvadan farqli oʻlaroq, hech qachon oliy davlat lavozimini egallamaganAxel Bugge (9 March 2016), „President says Portugal must respect EU, avoid return to crisis“ Reuters..
2021-yil yanvar oyida 60,7% ovoz bilan qayta prezident etib saylandi.
Mukofotlari 55x55px Minora va qilich harbiy ordenining katta yoqasi (2021)
55x55px Avliyo James Qilich ordeni qoʻmondoni (1994)
55x55px Shahzoda Henry ordenining Buyuk xochi (2005)
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar