Çağlar Söyüncü (1996-yil 23-mayda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbolchi, Premer-ligadagi „Leicester City“ klubi va Turkiya terma jamoasi himoyachisi.
Söyüncüning birinchi professional jamoasi Turkiya ikkinchi divizioni vakili „Altinordu“ boʻlgan. 2016-yilning yozida u Germaniya Bundesligasining "Freiburg " jamoasiga qoʻshilgan, 2018-yilda „Leicester City“ga oʻtgan. U 2016-yilda kattalar terma jamoasida debyut qilgan.
Klubdagi faoliyati
Altinordu Söyünju katta professional faoliyatini „Altinordu“ bilan Turkiya futbol ligasi tizimining ikkinchi darajasi boʻlgan TFF Birinchi Ligasida boshlagan. 2015-16-yilgi mavsumda Söyüncü „Beshiktosh JK“ Galatasaray SK va „Sevilya“ klublari bilan bogʻlangan, ammo 20 yoshli turkiyalik futbolchi Bundesligani tanlagan, chunki u bu uning faoliyati va yaxshilanishi uchun yaxshi tanlov deb hisoblagan.
SC Freiburg 2016-yil 24-may kuni, 2016-yilgi Bundesliga yozgi transfer oynasida Söyüncü Germaniyaning SC Freiburg jamoasiga qoʻshilgan va 2016-17-yilgi mavsumda Germaniyadagi faoliyati yuqori choʻqqiga chiqgan. U Bundesligaga toʻgʻridan-toʻgʻri TFF Birinchi Ligasidan oʻtgan birinchi turk futbolchisidir.
U Bundesligadagi debyutini 2016-yilning 28-avgustida mehmonda „Herta Berlin“ga qarshi oʻtkazgan va 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan. U 2016-17-yilgi mavsumning oʻrtadagi transfer oynasida Lill OSC, AS Roma va Villarreal CF futbolchi bilan bogʻlangan. Söyuncuga „Manchester City“ ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
Leicester City 2018-yilning 9-avgustida Söyünju Angliya Premer-ligasi jamoasi „Leicester City“ga 5 yillik shartnoma asosida qoʻshilgan. U 18 million funt sterling evaziga shartnoma imzoladi va qoʻshimchalar bilan 20 million funtga koʻtarilishi mumkin boʻlgan. Söyüncü Premer-ligadagi debyutini 2018-yil 27-oktabr kuni King Pauer stadionida oʻtkazgan, u yerda „Leicester“ „West Ham United“ bilan 1:1 hisobida durang oʻynagan.
Söyüncü oʻzining Premer-ligadagi birinchi golini Leicesterning 2019-20-yilgi mavsumdagi 11-oʻyinida 2019-yilning 3-noyabrida Selhurst Parkda Kristal Pelasga qarshi oʻyinda kiritgan va jamoasining 2:0 hisobida gʻalaba qozonishiga yordam bergan. 2021-yilning 11-mayida u va jamoasi „Manchester United“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan. „Leicester City“ga gʻalaba keltirgan golni Söyüncü urgan va bu ularning 1998-yildan beri „Old Trafford“dagi ilk gʻalabasi boʻlgan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/86/%C3%87a%C4%9Flar_S%C3%B6y%C3%BCnc%C3%BC.jpg/172px-%C3%87a%C4%9Flar_S%C3%B6y%C3%BCnc%C3%BC.jpg|thumb|220px| Söyüncü 2021-yilda Leicester City tarkibida
Xalqaro faoliyati 2015-yilning noyabr oyida markaziy himoyachi Serdar Azizning jarohati tufayli bosh murabbiy Fotih Terim tomonidan Turkiya milliy terma jamoasiga chaqirilgan. Söyüncü 1937-yilda klubning ramziy oʻyinchisi Sait Altınordu tanlanganidan beri 78 yildan soʻng Turkiya terma jamoasiga chaqirilgan birinchi Altinordulik futbolchi boʻlgan. Shuningdek, u 1997-yildan beri Izmirning istalgan futbol klublaridan milliy terma jamoaga chaqirilgan birinchi futbolchi hisoblangan. 2015-yilning 17-noyabrida Söyüncü Gretsiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun zaxiradan maydonga tushgan. 2016-yilning 18-mart kuni u Turkiyaning Antaliya shahrida va 29-mart kuni Avstriyada boʻlib oʻtadigan Shvetsiya va Avstriya terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari uchun milliy terma jamoaga chaqirilgan.
Shvetsiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinining soʻnggi daqiqalarida Ozan Tufan oʻrniga maydonga tushgan Söyüncü 2016-yilning 24-martida oʻzining milliy terma jamoadagi birinchi debyutini amalga oshirgan. 2016-yilning 1-sentyabrida Rossiya bilan oʻrtoqlik oʻyinida asosiy tarkibda maydonga tushgan va oʻyin 0:0 hisobida yakunlangan.
2018-yilning 1-iyunida Söyüncü Shveysariyaning Geneva shahridagi Stade de Genev stadionida boʻlib oʻtgan Tunisga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻzining milliy terma jamoasidagi birinchi golini kiritgan.
Faoliyat statistikasi
thumb|220px
thumb|290px
Klub KliubMavsumLigaMamlakat kubogiLiga KubogiYevropaOtherTotalDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolAltınordu2014-15TFF BirinchiLigasi4060———1002015-16TFF BirinchiLigasi30200———302Total34260———402SC Freiburg2016-17Bundesliga24010———2502017-18Bundesliga26120—20—301Total50130—20—551Leicester City2018-19Premier Liga600020——802019-20Premier Liga3414040——4212020-21Premier Liga231600030—3212021-22Premier Liga28110308010411Jami91311090110101233Karyerada jami175620090130102186
Xalqaro Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Turkiya 2016 2 0 2017 9 0 2018 11 1 2019 6 0 2020 2 0 2021 13 1 2022 5 0 Jami 48 2 +Çağlar Söyüncü tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 11.06.2018 Stade de Jenev, Jeneva, Shveysariya 2-2 2-2Oʻrtoqlik 227.03.2021 La Rosaleda stadioni, Malaga, Ispaniya 2-0 3-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
Yutuqlar Leicester City
Angliya kubogi : 2020-21 FA hamjamiyat qalqoni : 2021
Shaxsiy yutuqlar
Turkiyada yilning eng yaxshi futbolchisi : 2019 Yilning PFA jamoasi : 2019-20 Premer-liga
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Altınordu F.K. futbolchilari Turkum:SC Freiburg futbolchilari Turkum:Leicester City F.C. futbolchilari Turkum:Atlético Madrid futbolchilari Turkum:Fenerbahçe S.K. futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari