Park Ji-hu () – 2003-yil 7-noyabrda tugʻilgan. Janubiy Koreyalik aktrisa. U 2018-yilgi Hummingbird House filmidagi va 2022-yilgi Netflix kompaniyasining We all are Dead (Hammamiz oʻlikmiz) serialidagi bosh roli bilan tanilgan.
Yoshligi Park Janubiy Koreyaning Daegu shahrida tugʻilgan. 2021-yil noyabr oyida Xanyang universitetining teatr va kino fakultetiga qabul qilingan. 2022-yil fevral oyida Park Dongmun oʻrta maktabini tugatgan.
Faoliyati 2014-yilda Park turli tinglovlarda ishtirok etganidan keyin aktrisalik faoliyatini boshlagan. Park 2016-yilda Home Without Me qisqa metrajli filmida debyut qilib, soʻngra Disappearing Time: The Boy Who Came Back (2016), Fabricated City (2017) va Witness (2018) filmlarining asosiy spektakllarida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan.
2018-yilda Park Hummingbird House filmida rol ijro etgan va bu uning badiiy filmda suratga tushgan oʻzining birinchi bosh roli boʻlgan. Aktrisa filmdagi roli uchun eʻtirofga sazovor boʻlib, koʻplab mukofotlar sohibasiga aylangan.
2021-yil aprel oyidan boshlab Park Lee Byung-hun, Park Po Yong va Park Seo Jun bilan Om Tae Hva rejissyori boʻlgan triller janridagi Concrete Utopia nomli filmda rol ijro etgan.
Park zombi apokalipsisi haqidagi We all are death Netflix asl seriyasida paydo boʻlganidan keyin xalqaro e'tirofga sazovor boʻlgan. Shuningdek, aktrisa Kim Go Eun, Nam Ji Hyun va Wi Ha Joon bilan birga tvN kompaniyasi tomonidan 2021-yildan boshlab suratga olina boshlagan Little Women serialida ham suratga tushmoqda.
Filmografiyasi Film Yil Inglizcha nomi Koreyscha nomi Rol 2016 Vanishing Time: A Boy Who Returned 가려진 시간 Soo-rin ga oʻxshagan qiz 2017 Fabricated City 조작된 도시 Ayollar oʻrta maktabi oʻquvchisi 2018 The Witness 목격자 Ye-seul House of Hummingbird 벌새 Kim Eun-hee 2021 Black Light 빛과 철 Eun-youngE'lon qilinadi Concrete Utopia 콘크리트 유토피아 Hye-won
Teleseriallar Yil Inglizcha nomi Koreyscha nomi Rol Izohlar 2018 Sweet Revenge 2 복수노트 2 Lee Ha-yan 2022–hozirgacha All of Us Are Dead 지금 우리 학교는 Nam On-jo 1-mavsum–hozirgacha 2022–hozirgachaLittle Women작은 아씨들O In-hyo12 ta seriya
Koʻngilochar koʻrsatuvlar Yil Nomi Rol Izohlar 2022 Music Bank Boshlovchi 5-avgust
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2003-yilda tugʻilganlar Turkum:7-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar