Toma Bašić() (1996-yil 25-noyabrda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, A Seriyaning „Latsio“ klubi va Xorvatiya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f2/Lens_-_Girondins_de_Bordeaux_%2819-09-2020 %29_61_%28cropped%29.jpg/200px-Lens_-_Girondins_de_Bordeaux_%2819-09-2020 %29_61_%28cropped%29.jpg|thumb|238x238px| Bašich 2020-yilda Bordo bilan Toma Bašić NK Zagreb safidan bir necha mavsum oʻtkazganidan soʻng, 2014-yilning yozida Hajduk Split bilan shartnoma imzolaganJosip Juranović i Toma Bašić: Gorimo od želje da se nametnemo treneru Buriću at Dalmatinski Portal. U Zagreb shahrida qolgan, ammo darhol Druga HNL jamoasi Rudešga ijaraga berilgan va u yerda mavsumning qolgan qismini davom ettirgan. U oʻzining birinchi jamoasi va Prva HNL safida debyutini 2015-yilning 10-avgustida mehmonda „Lokomotiva“ga qarshi oʻyinda (1:2) oʻtkazgan va 84-daqiqada Andrija Balich oʻrniga maydonga tushganLokomotiva-Hajduk at Soccerway.
2018-yilning avgustida Bašić 3,5 million yevro evaziga Liga 1 jamoasi „Bordo“ga o‘tgan va to‘rt yillik shartnoma imzolagan. U 12-avgust kuni oʻz uyida Strasburgga qarshi oʻyinda (2:0) debyut qilgan va 72-daqiqada Aurelien Tchouaméni oʻrniga maydonga tushgan. 19-dekabr kuni u klubdagi ilk golini Kupe de la Liga doirasidagi Dijonga qarshi o‘yinda kiritgan va oʻyin jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan.
2021-yilning 25-avgustida Bašić A Seriyaning „ Lazio“ klubi bilan shartnoma imzolagan. U 12-sentabr kuni "Milan" ga qarshi oʻyinda (2:0) debyut qilgan va Sergey Milinkovich-Savichning oʻrniga oʻyinning 74-daqiqasida maydonga tushgan. U debyut golini 30-sentabr kuni Yevropa Ligasi doirasida Moskvaning „Lokomotiv“iga qarshi o‘yinda (2:0) kiritgan.
Xalqaro faoliyati Bašić Nenad Grachanning UEFA U-21 Yevro-2019 uchun 23 kishilik tarkibiga tanlangan, Xorvatiya oʻz guruhida oxirgi oʻrinni egallagan. Bašić butun turnir davomida maydonga tushmay zaxira oʻrindigʻida qoldirilgan.
2020-yil 4-noyabr kuni terma jamoa bosh murabbiyi Zlatko Dalich Bašićni noyabr oyida Turkiya, Shvetsiya va Portugaliyaga qarshi o‘yinlar uchun terma jamoaga chaqirgan. U 11-noyabr kuni terma jamoa safida debyut qilgan va Turkiya bilan oʻrtoqlik oʻyinida (3:3) 60-daqiqada maydonga tushgan.
2021-yil 17-mayda u Dalichning UEFA Yevro-2020 uchun dastlabki 34 kishilik tarkibiga kiritilgan. Ammo u soʻnggi tarkibga kiritilmagan.
Shaxsiy hayoti Bašich Zagrebning Dubrava mahallasida tugʻilib oʻsgan va Hajduk Split jamosining muxlisi boʻlganPurgerska kolonija na Poljudu: za njih je dolazak u Hajduk — povratak doma at Slobodna DalmacijaJosip Juranović i Toma Bašić: Gorimo od želje da se nametnemo treneru Buriću at Dalmatinski Portal. Uning akasi Jakov ham futbolchi.
Faoliyat statistikasi
Klub KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolRudeš (Ijara)2014—15Druga HNL252———252Hajduk Split2015—16Prva HNL4110—00512016—1728531—503662017—1827331—103142018—1910——2030Jami60972—807511Bordeaux2018—19Liga 12321031002732019—201512110—1822020—2134400——3442021—223000——30Total757314100829Lazio2021—22A Seriya29010—713712022—236000—2080Jami35010—91451Karyerada jami195181134117122723
Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyinGol Xorvatiya 2020 2 0 Jami 2 0
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serie A futbolchilari