UZDIGITAL TV — Oʻzbekistonda DVB-T va DVB-T2 formatidagi pullik yer usti televideniyesi operatori.

Tarixi 2008-yil sentabr oyida „Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi“ (RRTM) DUK tomonidan Toshkent va Buxoro shaharlarida raqamli televideniye uskunalarini sinovdan oʻtkazish tashkil etildi. Pullik raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatishga asoslangan RRTM „Uz Digital TV“ kompaniyasi tashkil etildi. Ushbu kompaniya 2010-yil 21-iyunda televizion tarqatish tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha litsenziyani oldi va abonentlarni pullik raqamli televideniye tarmogʻiga ulashni boshladi„Kamalak TV“ prekratit veщanie v sentyabre — Poslednie novosti Uzbekistana — Tashkent, respublika, zakoni, banki, prezident, posolstva, foto, ministerstva, 2010.

UzDigitaldan avvalgi analog formatda koʻrsatuvlar olib boruvchi „Kamalak“ kompaniyasi oʻsha yilning sentabr oyida koʻrsatuvlar efirini toʻxtatdi.

Kompaniya faoliyatining yana bir yoʻnalishi bu efirga uzatiladigan telekanallarda reklama ishlab chiqarish va joylashtirish bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatishdir.

Eshittirishlar Eshittirishlar quyidagi kanallarda amalga oshiriladi:

Toshkent

DVB-T

3

29 TVK 538 MGts 37 TVK 602 MGts 41 TVK 634 MGts 42 TVK 642 MGts

DVB-T2

30 TVK 546 MGts 31 TBK 554 MGts

Samarqand 43 TVK 650 MGts (Asosiy paket)

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyati 27 TVK 522 MGts (Asosiy paket)

Qashqadaryo viloyati 47 TVK 682 MGts (Asosiy paket)

Buxoro viloyati 40 TVK 626 MGts (Asosiy paket)

Xorazm viloyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi 46 TVK 674 MGts (Asosiy paket)

Paketlar va kanallar „Ekonom“, „Standart“ va „Miks“ teledasturlari toʻplamlari faqat Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida mavjud. Ilgari asosiy paketga Rossiya kanallari (Perviy, Rossiya 1, Rossiya 2, NTV, Domashniy) kiritilgan boʻlsa, keyinchalik ular oʻrniga Forum-TV, UzHD (oddiy rezolyutsiyada), „Madaniyat va maʼrifat“, „Dunyo boʻylab“ va „Bolajon“ kanallari ham kiritildi.

Ilgari efirga uzatilgan kanallar

Luxe TV (2010-yil oktyabrgacha) TNT va DTV (2011-yil fevralgacha. Oʻzbekistondagi barcha televizion operatorlar uchun oʻchirilgan) Domashniy (2013-yil iyulgacha)

Yana qarang Oʻzbekistonda televideniye

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston telekommunikatsiya kompaniyalari Turkum:Oʻzbekistonda televideniye Turkum:Oʻzbekistonning radio va teleeshittirishlar bilan shugʻullanuvchi kompaniyalari