Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi Lesoto milliy ayollar futbol jamoasi boʻlib, Lesoto Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi.

Tarixi Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi „Goʻzal gullar“ laqabini olgan.

1998-yil 28-martda Lesoto Mozambikda Mozambik ayollar milliy futbol terma jamoasibilan oʻynagan. Oʻyinda Mozambik terma jamoasi uchta gol urib 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. 1998-yil 19-aprelda Maseruda Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi yana bir bor Mozambik terma jamoasi bilan oʻynadi. Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻyinda 4:2 hisobida gʻalaba qozondi. 2002-yilda Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi 4 ta oʻyin oʻtkazgan. Mamlakat 2002-yilda Zimbabvening Xarare shahrida boʻlib oʻtgan COSAFA ayollar chempionatida ishtirok etgan. Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi „A“ guruhidan joy olgandi. Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi 19-aprelda Zimbabve ayollar terma jamoasiga 0:15, 21-aprelda Malavi ayollar terma jamoasiga 0:3, 23-aprelda Zambiya ayollar terma jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan. 2003-yilda Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi 1 ta oʻyin oʻtkazgan. 2004-yilda ham jamoa 1 ta oʻyin oʻtkazgan. 2005-yilda Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi 2 ta oʻyin oʻtkazgan.

Lesoto Milliy Futbol Federatsiya 1932-yilda tuzilgan. Federatsiya FIFAga 1964-yilda qoʻshilgan. Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasining sport toʻplamida koʻk, oq va yashil koʻylaklar, oq shortilar, koʻk va oq paypoqlar mavjud.

Futbol mamlakatda netbol va yengil atletikadan keyin uchinchi eng ommabop sport turi hisoblanadi Lesotoda futbol ayollarning oʻzini oʻzi qadrlashini rivojlantirish uchun ishlatiladi. 2006-yilda 5200 nafar ayol futbolchi roʻyxatga olingan boʻlib, ulardan 5000 nafari oʻsmirlar, 200 nafari esa katta futbolchilar edi. Ayol futbolchilar soni ortib bormoqda. 2000-yilda 210 nafar futbolchi roʻyxatdan oʻtgan. 2001-yilda 350 nafar futbolchi roʻyxatdan oʻtgan. 2002-yilda 480 nafar futbolchi roʻyxatdan oʻtgan. 2003-yilda 750 nafar futbolchi roʻyxatdan oʻtgan. 2004-yilda 2180 nafar futbolchi roʻyxatdan oʻtgan. 2005-yilda esa 4600 nafar futbolchi roʻyxatdan oʻtgan. 2006-yilda 5200 nafar futbolchi roʻyxatdan oʻtgan. 2006-yilda mamlakatda jami 61 ta futbol klublari mavjud boʻlib, ulardan 54 tasi aralash gender jamoalari va 7 tasi ayollar jamoasi edi. 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatini translyatsiya qilish huquqini Afrika teleradioeshittirish ittifoqi sotib olgan edi.

Soʻnggi oʻyinlar

1998-yil SanaManzilMezbon jamoaHisobMehmonlar jamoasiManba28/03/1998Mozambique Mozambique3:0 (0:0) Lesoto12/04/1998Maseru Lesotho4:2 (2:1) Mozambique

2002-yil Sana Manzil Mezbon jamoa Hisob Mehmonlar jamoasi Manba 19/04/2002 Harare Zimbabve 15:0 Lesoto 21/04/2002 Harare Lesoto 0:3 Malavi 23/04/2002 Harare Lesoto 1:3 Zambiya

2006-yil Sana Manzil Mezbon jamoa Hisob Mehmonlar jamoasi Manba 22/08/2006 Lusaka Lesoto 0:9 (0:5) Janubiy Afrika 23/08/2006 Lusaka Lesoto 0:3 (0:1) Malavi

2011-yil Sana Manzil Mezbon jamoa Hisob Mehmonlar jamoasi Manba 2/07/2011 Harare Zimbabve 4:0 Lesoto 3/07/2011 Harare Lesoto 3:2 (2:2) Mozambik 5/07/2011 Harare Malavi 5:2 Lesoto 17/08/2011 Maseru Lesoto 0:4 Mozambik

2022

Murabbiylar shtabi

Hozirgi murabbiylar shtabi Lavozimi Ismi Man. Bosh murabbiy Pule Xojane

Bosh murabbiylar tarixi

Lehloenya Nkhasi (20xx-2022) Pule Xojane (2022-)

Oʻyinchilar Quyidagi futbolchilar 2022-yil 20-avgust kuni 2022-yilgi COSAFA Ayollar chempionati turnirida Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga cahqirilgansquad for COSAFA 2022.

Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari Chempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Toʻrtinchi oʻrin

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati 1991-yil Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi 1995-yil 1999-yil 2003-yil 2007-yil Kiritilmadi 2011-yil 2015-yil Saralashdan oʻta olmadi 2019-yil Kiritilmadi2023-yil Jami 0/9 - - - - - - -

Olimpiada oʻyinlari Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati 1996-yil Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi 2000-yil 2004-yil 2008-yil Saralashdan oʻtmagan 2012-yil Kiritilmadi 2016-yil 2020-yil Jami 0/7 0 0 0 0 0 0 0

Afrika ayollar millatlar kubogi Afrika ayollar millatlar kubogida Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar 1991-yildan 2004-yil Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi2012-yil Kiritilmadi 2014-yil Saralashdan oʻtmagan 2016-yil Kiritilmadi 2018-yil2020-yil Afrikadagi COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi 2022-yil Kiritilmadi Jami 0/12 - - - - - -

Afrika oʻyinlari Afrika oʻyinlarida Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati 2003-yil Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi 2007-yil Kiritilmadi 2011-yil 2015-yil 2019-yil2023-yil Aniqlanmoqda Jami 0/4 0 0 0 0 0 00

Yana qarang

Lesoto erkaklar milliy futbol terma jamoasi

Manbalar

Havolalar

Lesoto futbol assotsiatsiyasining rasmiy sayti

Turkum:Afrikadagi ayollar milliy futbol terma jamoalari