Ahmad Muhammad Shokir (; romanizatsiya:Aḥmad Muḥammad Shākir) (1892-yil 29-yanvar, Qohira — 1958-yil 14-iyun) misrlik hadisshunos. U Al-Azhar universitetining islom olimi Muhammad Shokir ibn Ahmadning oʻgʻli, hamda yozuvchi va jurnalist Mahmud Muhammad Shokirning akasi hisoblanadi.
Muharrir sifatida Shokirning Qohira asari 1937-yildan boshlab yozilga boʻlib, 5 jilddan iborat. Unda Sahihi Termiziy uchun arabcha hadis matnining standart dolzarb tasnifini taqdim etilgan. Asar nashriyotlar tomonidan bir necha marotaba qayta nashr etildiHadith and the Quran, Encyclopedia of the Quran, Brill.
Egallagan lavozimlari Ahmad Muhammad Shokir Al-Azhar universitetini tugatgan, hamda mazkur dargohda ishlagan va 1951-yilda nafaqaga chiqqan. U Qohiradagi Oliy shariat sudi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Ishlari
al-Bais al-Hatis: Ibn Kasirning Ixtisor 'Ulum al-Hadis asariga izohi, hadis terminologiyasida Muqaddimaning qisqartmasi. Musnad Ahmad ibn Hanbal: Ahmad ibn Hanbalning katta hadislar toʻplamining taxminan uchdan bir qismiga berilgan izohlari Jami' al-Bayyon, odatda Tafsir at-Tabariy deb ham ataladi: Muhammad ibn Jarir at-Tabariyning Qur’on tafsiriga izohlari; (toʻliqsiz) Sunan at-Termiziy: uning ushbu hadislar toʻplamining taxminan uchdan bir qismiga izohlar keltirilgan al-Muhalla: Ibn Hazmning fiqh kitobiga izohlar al-Aqida at-Tahoviyya: Ahmad ibn Muhammad at-Tahoviyning mashhur sunniy aqida kitobiga tahrir va izohlar Umda tafsir: Tafsir ibn Kasirning qisqartmasi; (toʻliqsiz)
Manbalar
Havolalar
Ahmad Shakerning islamonline.netdagi profili
Turkum:1958-yilda vafot etganlar Turkum:1892-yilda tugʻilganlar Turkum:Al-Azhar universiteti bitiruvchilari Turkum:Misrdagi islom allomalari Turkum:Misrlik sunniy musulmonlar