Rustamjon Gʻofurov (1949-yil, Andijon, Andijon viloyati, OʻzSSR — 2015-yil 25-yanvar, Andijon, Andijon viloyati) — oʻzbekistonlik xonanda, sozanda va bastakor. „Yoshlik“ ansambili yakkaxon xonandasi. Andijon davlat filarmoniyasi yetakchilaridan biri.
Hayoti Rustamjon Gʻofurov 1949-yilda Andijon viloyati Andijon shahrida tavallud topgan.
Faoliyati 1973-yili Asakadagi savdo texnikumida tahsil olgan. Muassasani tamomlab, Andijon shahridagi „Yoshlik“ maktab-magazinida ishladi. Keyinchalik, ushbu maktab-magazin qoshida „Yoshlik“ ansambili tuzildi. 1976-yili sobiq Ittifoq xalq ijodiyoti festivalida laureat boʻldi.
Yana qarang Haydarjon Yoʻldoshev Hoshimjon Rahimov Karimxon Toʻrayev Rustam Mehtar
Adabiyotlar
Manbalar