}} Vladimir Vladimirovich Baenko (; 9-fevral 1990-yil, Komsomolske, Donetsk viloyati) — Ukrainalik futbolchi, himoyachi.

Tarjimai holi Donetsk viloyatida tugʻilgan. Ukraina yoshlar futbol ligasidagi „Shaxtyor“ (15 oʻyin) va „Olimpik“ (50 oʻyin, 1 gol) jamoalarida oʻynagan. Keyin viloyat chempionatidagi havaskor jamoalarda toʻp surdi.

U oʻzining ilk professional shartnomasini 2011-yilda Dneprodzerjinskning „Stal“ jamoasi bilan imzolagan. Ammo jarohat bilan jamoada debyut qilgan. Professional faoliyatini 2013-yilda „Nikopol“ jamoasida boshlagan. Nikopol klubida bir yil oʻtkazgandan soʻng, 2014-yilda „Gornyak“ klubiga koʻchib oʻtdi. Jamoa bilan birinchi mavsumda yuqori ligaga koʻtarilishga erishdi. Shundan soʻng Baenko yana 2 yil Ukraina chempionatining Birinchi ligasidagi Gornyak jamoasi tarkibida harakat qildi. 2016-yilning yozida Gornyak tarqatib yuborildi va Baenko yangi klub izlashga majbur boʻldi. 2016-yil 26-iyunda oldingi mavsumda Premer-ligada oʻynash huquqini qoʻlga kiritgan „Zvezda“ bilan shartnoma imzoladi. Ukraina chempionati oliy divizionida debyutini 2016-yilning 30-iyulida „Zarya“ga qarshi kechgan uy uchrashuvida oʻtkazdi. Mavsumning birinchi yarmida jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgandi. Ammo Dario Drudi ishdan boʻshatilgach, Roman Monaryov bosh murabbiy etib tayinlandi va Baenko sekin-asta asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotib, klubni tark etdi. 2017-yil yanvarida Oʻzbekistonning „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

2018-yilgi mavsum oxirida „Riga“ klubini tark etgan. 2019-yilning avgustida Poltavaning „Vorskla“ klubi bilan shartnoma imzoladi.

Baenko futbolchilik faoliyatini 2021-yilda yakunlagan. Xuddi shu yili „Krivbass“ klubining bosh direktori boʻldi.

Yutuqlari

Latviya chempionati gʻolibi: 2018-yil Latviya kubogi sohibi: 2018-yil Ukraina kubogi finalchisi: 2019—20 Estoniya kubogi sohibi: 2020—21

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:FC Nikopol futbolchilari Turkum:FK Gornyak Krivoy Rog futbolchilari Turkum:FC Zirka Kropyvnytskyi futbolchilari Turkum:Riga FC futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:FC Vorskla Poltava futbolchilari Turkum:FCI Levadia Tallinn futbolchilari Turkum:FC Stal Kamianske futbolchilari Turkum:Meistriliiga futbolchilari Turkum:Ukraina Ikkinchi ligasi futbolchilari Turkum:Ukraina Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Ukrainalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Estoniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Latviyadagi muhojir erkak futbolchilar