Frederick Turner (1943-yil 19-noyabr; Northamptonshire, Angliya) — ingliz-amerikalik shoir, New Formalism deb ataluvchi adabiy oqimning namoyondalaridan biri. „The New World“ va „Genesis“ nomli ilmiy fantastik va epik sheʼrlar, koʻplab asarlar, badiiy tarjima va poeziyaga oid bir qancha kitoblar muallifi. Uni koʻpchilik adabiyot muxlislari zamonasining buyuk shoiri deb atashgan. Hayoti Frederick Turner Angliyaning Northamptonshire grafligida tugʻilgan. Uning otasi madaniy antropolog Victor Witter Turner va onasi Angliyalik antropologist Edith Turner. Turnerlar oilada beshta farzand boʻlgan. Akalaridan biri Robert Turner olim, ikkinchisi Rory Turner esa antropolog edi. Rory Turner AQSHning Maryland shtatiga qarashli Towson shaharchasidagi Goucher kollejida dars beradi.

Turner William Baerga bergan intervyusida shunday deydi: . Afrikadagi bolalik yillari 1952-yilda Turnerning otasi Rhodes-Livingstone institutidan Shimoliy Rodeziyaning sharqiy Ndembu aholisini oʻrganish boʻyicha shartnoma asosidagi topshiriqni qabul qilgan. William Baer bilan suhbatlashar ekan, Turner sayohatni shunday eslaydi:

Turner ushbu sayohat haqida shunday deydi:

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Ingliz shoirlari