Daryl Hannah (1960-yil 3-dekabrda tavvalud topgan) – amerikalik aktrisa. Oʻzining kinodagi debyutini Brian De Palmaning The Fury (1978) gʻayritabiiy dahshatli filmidagi rolidan boshlagan. Hannah yillar davomida turli filmlarda, jumladan Ridley Scottning Blade Runner (1982) ilmiy-fantastik trilleridagi Pris Stratton rolida va Randal Kleiserning Summer Lovers (1982) romantik komediyasida Cathy Featherstone rolida, Ron Howard filmidagi suv parisi Madison, Splash (1984) fantastik-romantik komediyasi, Roxanne romantik komediyasida Roxanne Kowalski (1987), Oliver Stonening Wall-street dramasida Darien Taylor (1987) va Steel Magnolias komediya-dramasida Anelle Dupuy Desoto (1989) rollarida suratga tushgan. 2005-yilda Hannah Quentin Tarantinoning Kill Bill: Vol. 2. jang sanʼati filmidagi bir koʻzli qotil Elle Driver roli uchun Saturn mukofotini qoʻlga kiritgan. 2015-yilda u Netflix Sense 8 serialida Anjelica Turing rolida namoyon boʻlgan.

Hayoti Hannah Chikagoda, Illinois shtatida, prodyuser va sobiq maktab oʻqituvchisi Susan Jeanne Metzger va suv tashuvchi qayiq ishlab chiqariladigan kompaniya egasi Donald Christian Hannah oilasida tavallud topgan. Uning ota-onasi ajrashishgandan soʻng onasi kinematograf Haskell Wexlerning ukasi biznesmen Jerrold Wexlerga turmushga chiqqan. Hannah aka-uka Don, Page Hannah va uning singlisi Tanya Wexler bilan Illinois shtatining Long Grove shahrida bolaligini oʻtkazgan. U Rim-katolik dinida tarbiya topgan.

Hannah yoshligida, uyqusizlik tufayli filmlarga qiziqa boshlagan. U yoshligidan juda uyatchan boʻlganini aytgan. Keyinchalik unga autizm tashxisi qoʻyilgan va doktorlar uni kasalxonaga yotqizishni va dori-darmonlarni doimiy qabul qilib borishini tavsiya qilishgan. Buning oʻrniga, uning onasi atrof-muhit oʻzgarishi qiziga koʻproq yordam beradi degan umidda Hannah bilan vaqtincha Yamaykaga koʻchib oʻtishga qaror qilgan. Hannah Los-Anjelesdagi Janubiy Kaliforniya universitetiga oʻqishga kirishdan avval Chikagodagi ilgʻor Frensis U. Parker maktabida balet va aktyorlik mahoratidan taʼlim olgan.

Faoliyati

Kino va televideniye Hannah filmdagi debyutini 1978-yilda 17 yoshida Brian De Palmaning The Fury qoʻrqinchli filmidagi roli bilan boshlagan. U Rachel Ward bilan birga 1983-yilda The Final Terror dahshatli filmida rol ijro etgan. Film 1981-yilda suratga olingan, ammo 1983-yilda ommaga namoyish etilgan.

Hannah Grumpy Old Men komediyalarida Jack Lemmonning qizi rolini ijro etgan. Oʻsha yili HBO Attack Of The Fifty-Foot Women komediya remeykida Nancy Archer rolida namoyon boʻlgan. 1995-yilda Hannah Empire jurnali tomonidan „Kino tarixidagi 100 ta eng seksual yulduz“ roʻyxatida 96-oʻrinni egallagan. Oʻsha yili The Tie That Binds filmida qotil sotsiopat Leann Netherwood sifatida paydo boʻlgan. 1998-yilda Rear Window televizion filmida Christopher Reeve bosh rolini ijro etgan. Aynan shu yili videofilmdagi Addams Family Reunion filmida Morticia Addams rolini oʻynagan. thumb| Daryl Hannah 2006-yil Hannah rejissyor Quentin Tarantino tomonidan suratga olingan Kill Bill (2003) filmida bir koʻzli qotil Elle Driver rolini ijro etgan. Uning ushbu filmdagi ijrosi va Speedway Junky (1999), Dancing at the Blue Iguana (2000), A Walk to Remember (2002), Northfork (2003), Casa de los Babys (2003) va Silver City (2004) filmlaridagi chiqishlari, baʼzi tanqidchilar tomonidan uning film olamiga qaytishi sifatida tasvirlangan. Kill Bill filmidan soʻng, u bir nechta telefilmlar va mini-seriallarda, jumladan Syfy original filmi Shark Swarm, Hallmark Channel uchun Final Days of Planet Earth va Spike uchun Kung Fu Killerda paydo boʻlgan. Shuningdek, 2009-yilda Shennonʼs Rainbow va The Cycle filmlarida ham namoyon boʻlgan.

2020-yilda Hannah Dave Franco bilan Roku kanali uchun suratga olingan komediya seriali The Now da suratga tushgan.

2023-yilda Neil Young va Crazy Horsening „A Band A Brotherhood A Barn“ filmida eng yaxshi musiqiy film uchun Grammy mukofotiga nomzod boʻlgan.

Teatr Hannah shuningdek, 2000-yilda Londonning West End shahrida Mariyln Monroning The Seven Year Itch filmida bosh rolini ijro etgan mohir teatr aktrisasi hisoblanadi. Spektakl haqidagi fikrlar Hannahning ijrosini yuqori baholagan. Bu spektakl Hannahga oʻz isteʼdodini komediyachi sifatida koʻrsatish uchun „mukammal vosita“ ekanligini koʻrsatgan".

Boshqa ishlari 2002-yilda Hannah Robbie Williamsning „Feel“ musiqasi uchun videoklipida, Williamsning sevgilisini aks ettirgan.

Hannah va aktrisa Hilary Shepard Turner ikkita stol oʻyinini yaratishgan, Love It or Hate It, 2005-yilda esa Ellen DeGeneres shousida ikkinchi oʻyinni koʻrib chiqishgan. thumb| Hannah 2008-yilda Denverda boʻlib oʻtgan Demokratik Milliy qurultoyda Link TV tomonidan intervyu oldi. Shaxsiy hayoti right|thumb|205x205px| Hannah Jackson Browne bilan Akademiya mukofotlari marosimida, 1988-yil Hannah Jon F. Kennedy va qoʻshiqchi Jackson Browne bilan uzoq muddatli shaxsiy munosabatda boʻlgan. U Browne bilan 1983-yilda uchrasha boshlagan va 1992-yilda Browne unga nisbatan jismoniy zoʻravonlik qilgani haqidagi asossiz mish-mishlar tufayli ajralishgan. Keyinchalik Browne Fox Television bilan mana shu tuhmat boʻyicha bahsda gʻalaba qozongan. Hannah qoʻshiqchi Neil Young bilan 2014-yilda munosabatlarni boshlagan va ular 2018-yilda turmush qurishgan.

Filmografiyasi

Aktrisa YiliSarlavhaRollariIzohlar1978The FuryPam1981Hard CountryLoretta1982Blade RunnerPris StrattonSummer LoversCathy Featherstone1983The Final TerrorWindy Morgan1984RecklessTracey PrescottSplashMadisonEng yaxshi aktrisa uchun Saturn mukofotiThe Pope of Greenwich VillageDiane1986The Clan of the Cave BearAylaLegal EaglesChelsea DeardonIjrochi rassom1987RoxanneRoxanne KowalskiWall StreetDarien TaylorYordamchi aktrisa uchun Golden Raspberry mukofoti1988High SpiritsMary Plunkett BroganYordamchi aktrisa uchun Golden Raspberry mukofoti uchun nomzod1989Crimes and MisdemeanorsLisa CrosleyKreditsizSteel MagnoliasAnnelle Dupuy Desoto1990Crazy PeopleKathy Burgess1991At Play in the Fields of the LordAndy Huben1992Memoirs of an Invisible ManAlice Monroe1993Grumpy Old MenMelanie Gustafson1994The Little RascalsMiss June Crabtree1995The Tie That BindsLeann NetherwoodGrumpier Old MenMelanie Gustafson1996Two MuchLiz KernerYordamchi aktrisa uchun Golden Raspberry mukofoti uchun nomzodThe Last Days of Frankie the FlyMargaret1998The Gingerbread ManLois HarlanThe Real BlondeKellyAddams Family ReunionMorticia AddamsHi-LifeMaggie1999My Favorite MartianLizzieSpeedway JunkyVeronicaDiplomatic SiegeErica Long2000CordAnne WhiteWildflowersSabine2001JackpotBobbiDancing at the Blue IguanaAngelCowboy UpCelia Jonesaka Ring of Fire2002A Walk to RememberCynthia CarterSearching for Debra WingerHerselfHard CashVirginia2003NorthforkFlower HerculesThe JobCJ MarchCasa de los babysSkipperThe Big EmptyStellaKill Bill: Volume 1Elle Driver2004Kill Bill: Volume 2Eng yaxshi aktyorlar uchun Italian onlayn film mukofotiEng yaxshi jang haqida film uchun MTV kino mukofotiEng yaxshi aktrisa uchun Saturn mukofotiSilver CityMaddy PilagerWhoreAdrianaCareful What You Wish ForStore PatronQisqa metrajli film2006Love Is the DrugSandra BrandKeeping Up with the SteinsSacred Feather / SandyOléMaggie Granger2007The PoetMarlene KonigCosmic RadioHerselfCameo2008ViceSaltThe GardenHerselfDark HoneymoonJan2009The CycleCarrieaka The Devil’s GroundShannonʼs RainbowDr. Rita Baker2010A Closed BookJane RyderEng yaxshi aktrisa uchun Bahamas kino mukofoti2011Every Generation Needs a RevolutionHerselfQisqa metrajli filmA Fonder HeartMargaret BooneLovemakersMimi2012EldoradoThe Stranger2013GarbageHerselfThe Hot FlashesGinger Peabody20142047: Sights of DeathMajor AndersonFather Rupert MayerJoanna Sebastian2015I Am MichaelDeborahSkin TraffikZhannaAwakenMaoSicilian VampireCarmelina Trafficante2017The American ConnectionFlora2007-yilda suratga olinganThe SliderCarol2018PapaSarah Freidman2019The Sound of a Wild Snail EatingNarratorQisqa metrajli filmUndateable JohnRose2023Buckle UpAngel

Televizion filmlari YilSarlavhaRollariIzohlar1982Paper DollsTaryn BlakeTelevizion film1993Attack of the 50 Ft. WomanNancy ArcherTelevizion film1997The Last DonAthena Aquitane2-epizod1997GunJill JohnsonEpizod: „All the Presidentʼs Women“1997Muppets TonightHerself1-epizod1998Rear WindowClaudia HendersonTelevizion film1998Rescuers: Stories of Courage: Two FamiliesMaria AlthoffTelevizion film2000First TargetAlex McGregorTelevizion film2001Jack and the Beanstalk: The Real StoryThespeeTelevizion film2002FrasierCaller #2 (voice)Epizod: „Frasier Has Spokane“2006Final Days of Planet EarthLiz QuinlanTelevizion film2007All the Good Ones Are MarriedAlexTelevizion film2008Storm SeekersLeah KaplanTelevizion film2008Kung Fu KillerJaneTelevizion film2008Shark SwarmBrooke WilderTelevizion film2013Social NightmareSusan HardyTelevizion film2013Zombie NightBirdyTelevizion film2013—2014Hawaii Five-0Cherie Tranton2-epizod2015—2018Sense8Angelica Turing17-epizod2021The NowMaxine Poole11-epizod

Direktor Yil Sarlavha Izohlar 1993-yil Oxirgi kechki ovqat Yozuvchi va hammuallif 2001-yil Strip Eslatmalar Hujjatli film 2018-yil Paradoks Ssenariy muallifi

Teatr Yil Sarlavha Rollari Izohlar 2000 The Seven Year Itch Qiz Marilyn Monroe tomonidan tanitilgan.Hannahga sahna qoʻrquvini yengishga yordam berdi.

Mukofotlari

Eng yaxshi aktrisa – Saturn mukofoti, Splash, 1984 Eng yaxshi yordamchi aktrisa – Saturn mukofoti, Kill Bill: 2-jild, 2004 Yilning Influencer mukofoti – Milliy Biodizel kengashi, 2004-yil Ongoing Commitment mukofoti – Atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha ommaviy axborot vositalari mukofoti, 2004 Eng yaxshi jang – MTV kino mukofoti, Kill Bill: 2-jild, 2005 Atrof-muhit faolligi – Suv sifati mukofotlari, 2006 Atrof-muhitni muhofaza qilish – Aktivist mukofotlari, 2006 Maxsus oltin kamera 300 – Manaki Brothers Film Festivali, 2010-yil Grammy – „A Band a Brotherhood a Barn“ uchun eng yaxshi musiqiy film, 2023 (nomzod)

Manbalar

Havolalar

Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Amerikalik ovoz aktrisalari Turkum:Bloggerlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Chikagoda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar