Nina Hollein (9-fevral 1971-yil, Vena) — avstriyalik yozuvchi, arxitektor va moda dizayneriNina Holleinʼs Shape-Shifting Fall Collection Is on View in a Frankfurt Museum, Vouge, 12. Juli. 2021The Met Goes Beyond Its Doors to Pick a Leader Who Bridges Art and Technology, The New York Times ,The , 10 April 2018Bei ihr wird Mode zur Kunst, Frankfurter Allgemeine Zeitung, 28 June. 2021 (German).

Biografiyasi Hollein dizayner va klassik filologning qizi boʻlib, 1971-yil 9-fevralda Venada tugʻilgan. Bolaligi Vena va Linsda oʻtgan. Arxitektura va dizaynga boʻlgan qiziqishi kichik yoshidayoq avstriyalik arxitektor va rassomlarning guruhi Haus-Rucker-Coning aʼzosi boʻlgan amakilari Laurids Ortner va Manfred Ortner tufayli paydo boʻlganLandeplatz der Libelle, Süddeutsche Zeitung, 5 December. 2020 (German)Laurids Ortner wird 80, Wiener Zeitung, Mai 24. 2021 (German). Hollein Maturadagi oʻrta maktab tugatganidan soʻng Vena texnologiya universitetida arxitektura boʻyicha oʻqib, fan magistri darajasini oladi. 1996-yilda Nina Avstriya Federal Kanseliariyasidan stipendiya olgan va Nyu-Yorkga koʻchib oʻtgan. Bu yerda Nina Peter Eisenman va Tod Williams Billie Tsien Architects ofislarida ishlaganThe American Museum of Folk Art, The Architectural Review, 10 Ma 2013"Everything will be completely shaken up" , Frankfurter Allgemeine Zeitung, 29 June. 2016Mut zu kleinem Karo, Frankfurter Allgemeine Zeitung, 16 March. 2013 (German). 2001-yilda eri Max Hollein bilan Frankfurt koʻchib oʻtishadi. Frankfurtda Nina meʼmor va shaharsoz Albert Speer ofisida ishlagan. Birinchi farzandining tugʻilganidan keyin Hollein yozuvchilik bilan shugʻullanadi va bolalar kitoblari uchun sharhlar va esselar yozadiEinfach alles! Die Wort-Schatz-Kiste (Rotraut Susanne Berner), Klett Kinderbuch Verlag, April 2009, . Bundan tashqari, Hollein Frankfurter Allgemeine Zeitung va Prinz jurnallarida ishlagan. 2009-yilda Hollein ayollar va bolalar uchun oʻz moda brendini tashkil etadi. Birinchi kolleksiyasi uchun Nina Frankfurt moda yarmarkasining „Stilblüte“ mukofotiga sazovor boʻlgan"Es gibt keine Stadt, die offener ist für Ideen", Die Welt, 1 June. 2016 (German)Nina Hollein, Stilblüten Festival für Mode und Design, seen September 2021 (German)Der Zauber zerlegter Anzüge, Frankfurter Allgemeine Zeitung, 12 September. 2021 (German) Kitoblari Cut-Out Fun with Matisse, Prestel Verlag München, , 2014. Yves Klein — Into the Blue (Can You Tell Itʼs Art?), Hatje Cantz Verlag Berlin, , 2004

Koʻrgazmalari „Palindrom“ — Kunstverein Familie Montez (Frankfurt): 2021-yil iyuldan avgustgacha Holleinning ukasi Filipp Schweiger bilan hamkorlikda oʻtkazilganDie nachhaltige Mode der Frau HOLLEin!, Bild, 1 July. 2021 (German).

Shaxsiy hayoti Hollein muzey direktori va kuratori Max Hollein bilan turmush qurgan. Ularning uchta farzandi bor va hozirda Nyu-York shahrida yashaydilar„The Metropolitan Museum of Art Has Chosen Max Hollein as Its Next Director“, Vogue, 10 April 2018The Met Goes Beyond Its Doors to Pick a Leader Who Bridges Art and Technology, The New York Times, 10 April 2018. Manbalar

Havolalar Rasmiy veb-sayti

Turkum:Avstraliyalik ayol moda dizaynerlari Turkum:Avstraliyalik moda dizaynerlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1971-yilda tugʻilganlar