Kobbie Boateng Mainoo (talaffuzi: Kobbi Boateng Meynu) – angliyalik professional futbolchi. Angliya Premyer-ligasining Manchester United futbol klubi va Angliya milliy futbol terma jamoasi aʼzosi.

Mainoo Manchester United akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2023-yilda „Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ uchun beriladigan Jimmy Murphy mukofotiga loyiq koʻrilgan. Mainoo asosiy tarkibdagi oʻzining debyut oʻyinini 2023-yil yanvar oyida Angliya liga kubogi doirasida amalga oshirgan. Yoshligi Kobbie Mainoo 2005-yil 19-aprel kuni Stockport, katta Manchesterda ganaliklar oilasida dunyoga kelgan. Uning katta akasi Jordan Mainoo-Hames Love Island serialining 5-qismida ishtirok etgan. Kobbie Stockport chekkasidagi Cheadle Hulme hududida katta boʻlgan va futbol oʻynashni Cheadle & Gatley Junior futbol klubida boshlagan. 6 yoshida u Manchester United skautlari eʼtiboriga tushgan va 9 yoshida akademiyaga qabul qilingan. Klubdagi faoliyati Manchester United Mainoo 2022-yil may oyida Manchester United bilan ilk prefessional shartnomasini imzolagan. Oʻyinlardagi koʻrsatgan natijasi unga oktyabr oyida asosiy jamoa mashgʻulotlarida ishtirok etish imkoniyatini yaratgan.

Mainoo ilk marotaba Premyer liga doirasidagi Newcastle United F.C.ga qarshi oʻyin uchun jamoa zaxirasiga kiritilgan. U Manchester United safidagi ilk oʻyinini 2023-yil 10-yanvar kuni Angliya liga kubogi doirasida Charlton Athletic F.C. klubiga qarshi amalga oshirgan. Premyer ligadagi debyut oʻyinini 19-fevral kuni Leicester City F.C. klubiga qarshi boʻlgan oʻyinda oʻtkazgan.

2023–2024: Erishgan yutuqlari Mainoo asosiy jamoa bilan AQShda boʻlib oʻtgan mavsumoldi mashgʻulotlariga jalb qilingan. Biroq u mavsumoldi mashgʻulotlari davomida jarohat olgan va mavsum boshlanishini oʻtkazib yuborishga majbur boʻlgan. Jarohati tuzalgandan soʻng, mavsumdagi ilk uchrashuvini 2023-yil 26-noyabr Everton jamoasiga qarshi amalga oshirgan va oʻyin yakuniga koʻra uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan. 29-noyabr kuni Kobbie Galatasaray klubiga qarshi oʻyinda UEFA Chempionlar ligasidagi oʻzining debyut oʻyinini amalga oshirgan.

2024-yil 28-yanvar kuni, Angliya kubogi doirasidagi 4-2 hisobida United foydasiga hal boʻlgan Newport Countyga qarshi oʻyinda Kobbie klub safidagi oʻzining ilk golini urgan. 1-fevral kuni esa Wolverhampton Wanderers klubiga qarshi kechgan 4-3 hisobidagi dramatik oʻyinda Premyer ligadagi ilk golini va uchrashuvning hal qiluvchi golini kiritgan. Ushbu gol keyinchalik fevral oyining eng yaxshi goli deb eʼtirof etilgan. 7-aprel kuni boʻlib oʻtgan Liverpoolga qarshi uchrashuvda Kobbie Old Trafforddagi oʻzining ilk golini kiritgan.

Angliya kubogi finalida Manchester City bilan boʻlgan oʻyinda Kobbie Mainoo Manchester Unitedga gʻalaba olib kelgan golni kiritgan. U final oʻyinida gol urgan Steve MacKenziedan soʻnggi ilk oʻspirin va John Sissonsdan soʻnggi eng yosh futbolchiga aylangan. Oʻzining oʻyini bilan Kobbie koʻpchilikning maqtoviga sazovor boʻlgan va Premyer ligada mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrini uchun nomzodlar qatoridan joy olgan.

Xalqaro faoliyati Kobbie turli yillarda Angliya U-17, Angliya U-18, Angliya U-19 va Angliya milliy futbol terma jamoasi sharfini himoya qilgan.

2024-yil mart oyida Kobbie Angliya terma jamoasining Braziliya va Belgiya terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun jamoaga jalb qilingan. Terma jamoa safidagi debyut oʻyinida, 23-mart kuni Conor Gallagher oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan. Asosiy tarkibdagi ilk oʻyinini Belgiya terma jamoasi bilan boʻlgan oʻyinda amalga oshirgan va uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchi deb topilgan.

6-iyun sanasida Kobbie Angliya terma jamoasining UEFA Yevro 2024 uchun 26 kishilik tarkibiga kiritilgan. Musobaqadagi oʻzining debyut oʻyinini Angliya terma jamoasi uchun ilk uchrashuvda, Serbiya bilan kechgan 1-0 hisobidagi gʻalabali oʻyinda Jude Bellinghamning oʻrniga zaxiradan maydonga tushib boshlagan. 25-iyun sanasida, guruh bosqichining yakuniy uchrashuvida Kobbie Sloveniya jamoasiga qarshi oʻyinda 2-taymdan boshlab Conor Gallagher oʻrniga oʻyinga qoʻshilgan. Slovakiyaga qarshi pley-off bosqichining 1/16 final oʻyinida Angliya terma jamoasi safida pley-off bosqichida asosiy tarkibda maydonga tushgan uchinchi eng yosh futbolchiga aylangan va jamoasining 2-1 hisobidagi gʻalabasiga oʻz hissasini qoʻshgan. 10-iyul sanasida boʻlib oʻtgan va 2-1 hisobida Angliya gʻalaba qozongan Niderlandiyaga qarshi yarim final oʻyinida Kobbie Angliya termasi safida yarim final bahsida ishtirok etgan eng yosh futbolchiga aylangan. 4 kundan soʻng u Ispaniyaga qarshi final oʻyinida ham asosiy tarkibda maydonga tushgan. Ushbu bahsda Angliya terma jamoasi Ispaniyaga 2-1 hisobida magʻlubiyatga uchragan.

Oʻyin uslubi Kobbie maydonda asosan markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi, shunga qaramay u tayanch yarim himoyachisi yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida ham oʻynay oladi. Aqlli va hushyor, toʻpni oldinga uzatishda va raqiblarni aldashda oʻzining dribbling qobiliyatlaridan foydalanadi. Manchester Unitedning sobiq oʻyinchisi Rio Ferdinand Mainooning oʻyin uslubini Clarence Seedorf uslubi bilan taqqoslagan. Jamoa bosh murabbiyi Erik ten Hag uning yuqori darajadagi oʻyinlarga tez moslashuvchanligi va doimo katta ishtiyoq bilan mashgʻulotlarda qatnashishini taʼkidlab oʻtgan.

Statistikasi Klub tarkibida

+ Klub tarkibida mavsum va musobaqalardagi uchrashuvlari va gollariKlubMavsumLigaAngliya kubogiAngliya liga kubogiBoshqaUmumiyDivizionUchrashuvlarGollarUchrashuvlarGollarUchrashuvlarGollarUchrashuvlarGollarUchrashuvlarGollarManchester United U–212022–2023————30302023–2024————1010Umumiy———4040Manchester United2022–2023Angliya Premyer-ligasi10101000302023–2024Angliya Premyer-ligasi243620020325Umumiy253721020355Faoliyati umumiy253721060395

Terma jamoa tarkibida :

+ Terma jamoa safidagi uchrashuvlar va gollariTerma jamoaYilUchrashuvlarGollarAngliya202490Umumiy90

Yutuqlari Manchester United U–18 FA Youth Cup: 2021–2022

Manchester United FA Cup: 2023–2024

Individual Premyer ligada oyning eng yaxshi goli: 2024-yil fevral Jimmy Murphy Young Player of the Year: 2023–2024 Manbalar

Havolalar Profil Manchester United F. C. veb-saytida Profil Football Association veb-saytida

Turkum:2005-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari