Al-Hakim I (; taxminan 1247-yil – 1302-yil 19-yanvar) toʻliq ismi Abul-Abbos Ahmad al-Hakim bi-amrulloh ibn Abu Ali al-Hasan ibn Abu Bakr, Qohirada hukmronlik qilgan va Mamluklar davlatiga boʻysungan ikkinchi Abbosiy xalifa. 1262–1302-yillarda hukmronlik qilgan.
Hayoti Al-Hakim I 1262–1302-yillarda Qohira xalifasi boʻlgan. Uning nasli 1118–1135-yillarda hukmronlik qilgan Abbosiylar xalifasi al-Mustarshidga borib taqaladi. 1258-yilda Bagʻdod moʻgʻullar qoʻliga oʻtgach, al-Hakim I Damashqqa qochib ketdi va u yerda arab qabilalari boshligʻi Iso ibn al-Muhanna bilan doʻstlashdi. Iso al-Hakimni xalifalikka tayinlanishiga harakat qilgan. Biroq 1259–1260-yillarda moʻgʻullarning Suriyaga bosqini bilan bogʻliq tartibsizliklar vaqtida al-Hakim Halabga ketishga majbur boʻlgan va oʻsha yerda hukmronlik qila boshlagan. 1261-yilda Qohirada Abulqosim Ahmad al-Mustansir xalifa deb eʼlon qilingan. Al-Hakim Ahmad al-Mustansirga Iroqqa yurishlarida hamrohlik qilgan, shuningdek, unga xalifa sifatida boʻysungan. Biroq Abulqosim Ahmad Iroqning Hit shahri yaqinida moʻgʻullar tomonidan koʻpchilik bosqinchilar bilan birga oʻldirib yuborilgan. Shundan keyin Qohiraga qaytgan al-Hakim 1262-yilda al-Mustansirning oʻrniga xalifalikka tayinlangan. Al-Hakimning Abbosiylar bilan qarindoshlik aloqalari juda uzoq va zaif boʻlgani bois uning haqiqatan ham oʻzi daʼvo qilganidek Abbosiylar sulolasidan boʻlgan yoki yoʻqligini aniqlash mumkin emas. Shunday boʻlsa-da, Mamluk sultonlari hukmronligi ostida Qohirada 39 yil davomida hukmronlik qilgan va Qohiraning barcha keyingi xalifalari uning avlodiga boʻlgan. 1262-yildan keyin Qohira xalifasi lavozimida saqlanib qolgan boʻlsa-da, Mamluk sultonlari uni uy qamogʻida saqlagan. 1296-yilning dekabr oyiga kelib, Sulton Lajin al-Hakimni ozod qilgan va unga kattaroq maosh berib, shahardagi uylardan birida yashashiga ruxsat bergan.
Oilasi Al-Hakimning nasli Al-Mustarshidga borib taqaladi.
Manbalar
Adabiyotlar Amitai-Preiss, Reuven. Mongols and Mamluks: The Mamluk-Ilkhanid War 1260-1281. Cambridge: Cambridge University Press, 1995. Pp. 58–59, 61–63.
Glubb, John Bagot. Soldiers of Fortune: The Story of the Mamlukes. New York: Dorset Press, 1988. Pp. 77, 80, 171.
Turkum:XIII asr Abbosiy xalifalari Turkum:1302-yilda vafot etganlar Turkum:Qohiradagi Abbosiy xalifalar