Anvar Mamajonov – oʻzbek rassomi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi muallifi. Oʻzbekiston sanʼat arbobi. Oʻzbekiston xalq rassomi. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.

Hayoti Anvar Mamajonov 1950-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Bolalik paytlaridan rasm chizishga boʻlgan qiziqishi sababli sanʼat maktabida tahsil olgan. 1973-yil Toshkent teatr va rassomlik institutining kulolchilik fakultetini tamomlagan. Dastlab kulolchilikni oʻrganib, shu yoʻnalishda ijod qilgan.

1982-yilda ilk yirik ishi boʻlgan „Koʻhna Toshkent“ni Toshkentdagi koʻrgazmalardan birida namoyish qilgan. 1983-yilda SSSR rassomlar uyushmasiga aʼzo boʻlgan.

1992-yil 2-iyul kuni rassom sifatidagi eng mashhur ishi – Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi rasman qabul qilingan.

Mukofotlari Oʻzbekiston grafik sanʼati rivojiga qoʻshgan salmoqli ijodiy hissasi uchun Islom Karimovning 2010-yildagi farmoniga binoan Anvar Mamajonov „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoni bilan taqdirlangan. 2017-yilning dekabr oyida Anvar Mamajanov Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzosi boʻldi. Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik rassomlar Turkum:Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari