Saken Jetibayevich Polatov (, 1975-yil 22-avgust, Toshkent) – Oʻzbekiston jamoat arbobi, yirik tadbirkor va shifokor. 2002-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tugatgan. Oʻzbekistondagi Orient Group shirkati asoschilaridan biri, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Osiyo boks konfederatsiyasi vitse-prezidenti, Osiyoda boksni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash fondi rahbari, Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari, „Olimpik MobiUz“ va „Yangiyoʻl“ futbol klublari prezidenti.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston sport amaldorlari Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston qozoqlari