Fahl jangi (), shuningdek, Botqoq jangi va Beysan jangi nomi bilan ham mashhur boʻlib, Vizantiya Suriyasining musulmonlar tomonidan fath etilishi jarayonida muhim janglardan biri boʻlgan. Ushbu jang Roshidun xalifaligining arab qoʻshinlari hamda Vizantiya qoʻshinlari oʻrtasida Pella (Fahl) va unga yaqin joylashgan Scythopolis (Beysan), yaʼni Iordan vodiysida 634-yilning dekabr yoki 635-yilning yanvar oyida boʻlib oʻtgan.

Ajnadayn jangida musulmonlar tomonidan magʻlubiyatga uchratilgan Vizantiya qoʻshinlari Pella yoki Scytopolisda qayta toʻplandi, biroq musulmon qoʻshinlari ularni taʼqib qilib u yerga ham yetib bordi. Vizantiyaliklar Beysan atrofidagi sugʻoriladigan ariqlarni ochib, hududning suv bosishiga sabab boʻldi va bu orqali musulmonlarning oldinga harakatlanishiga toʻsqinlik qilishga urinishdi. Natijada musulmonlar loyli yerlarni bosib oʻtishda katta qiyinchilikka duch keldi. Shunga qaramay, ular Vizantiya kuchlarini tor-mor etidi, vizantiyaliklar esa katta yoʻqotishlarga uchradi. Jangdan soʻng Pella shahri qoʻlga kiritildi, Beysan va yaqin atrofdagi Tiberiya esa musulmon qoʻshinlarining qisqa muddatli qamali natijasida taslim etildi.

Jang Tarixchi Hugh N. Kennedyning soʻzlariga koʻra, ushbu jangning qanday kechgani haqida toʻliq maʼlumotlar mavjud emas. Ibn Is’hoq hamda al-Voqidiyning rivoyatiga koʻra, Falastin markazida Vizantiya kuchlariga qarshi musulmonlarning hal qiluvchi gʻalabasidan soʻng, Ajnadayn jangida omon qolgan vizantiyalik askarlar Iordan daryosining sharqiy sohiliga chekinib, Fahl shahriga (vizantiyaliklar uni Pella deb atagan) joylashib olgan. Musulmonlar vizantiyaliklarni u yerda ham taʼqib qildi, biroq yoʻlda Beysan (vizantiyaliklar uni Scythopolis deb atagan) atrofidagi botqoqlik yerlari tufayli qiyinchilikka duch keldi. Beysan Iordaniya daryosining gʻarbiy qismida, Fahl shahridan 12 km (7,5 mil) uzoqlikda joylashgan edi. Vizantiyaliklar daryo qirgʻoqlarini sunʼiy ravishda buzib, hududni suv bosishiga sabab boʻlishdi va shu orqali musulmon otliq qoʻshinlarini toʻxtatishga harakat qilishdi. Kennedy tomonidan bu joylar „sugʻorish ariqlari“ deb atalgan. Beysan atrofidagi yerlar keyinchalik botqoqlikka aylanganligi sababli Fahl jangi muqobil ravishda Botqoq jangi yoki Beysan jangi deb ham nomlanadi.

Manbalar

Adabiyotlar

Qoʻshimcha adabiyotlar

Havolalar

Pella surati: jangni xotirlaydigan kichik masjid qoldiqlari

Turkum:Abu Ubayda ibn al-Jarrohning janglari Turkum:Vizantiya imperiyasi janglari Turkum:635 Turkum:Xolid ibn al-Volidning janglari Turkum:Roshidun xalifaligi ishtirokidagi janglar