Alena Mikalajeŭna Anisim (qizlik familiyasi Amelčyc; 1962-yil 28-sentyabrda tugʻilgan) – belaruslik siyosatchi, tilshunos va Belorus Milliy Assambleyasi quyi palatasining sobiq deputati. Shuningdek, taqiq ostida boʻlgan Fransišak Skaryna Belarus til jamiyatining raisi.
Biografiyasi Alena Anisim 1962-yil 28-sentyabrda Minsk viloyati Stoŭbcy shahrida dehqon oilasida dunyoga kelgan.
1983-yilda Belarus davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Soʻngra bolalar bogʻchasida, shuningdek, oʻrta maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1991-yildan Belarus milliy fanlar akademiyasining Yakub Kolas nomidagi Tilshunoslik institutida ilmiy xodim boʻlib xizmat qilgan. 2017-yildan beri Francišak Skaryna Belarus tili jamiyatining raisi hisoblanadi. 2017-yildan 2018-yilga qadar Minskda Nil Hilevich nomidagi birinchi belarus tilidagi universitetga asos solishda faol yordam bergan. Biroq ushbu loyiha Taʼlim vazirligi tomonidan rad etilgan.
2014-yilda Anisim Butunbelarus mustaqilligi kongressining koordinatori boʻlgan. Oʻsha yili Belarus ziyolilar kongressi uni prezidentlikka nomzod qilib koʻrsatgan. Biroq Anisim oʻz kompaniyasiga asos solgan va shu sababli kutilmaganda saylovdan oʻz nomzodini olib tashlagan.
2016-yilda Anisim va Hanna Kanapatskaya Belorus Vakillar palatasiga saylangan, bu esa yigirma yil ichida ilk bor ikki muxolifatchi siyosatchining parlamentga saylanishi edi. 2019-yilgi saylovlarda ular oʻz nomzodini roʻyxatdan oʻtkazmoqchi boʻlganlarida Aleksandr Lukashenko rejimining Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rad etilgan.
2019-yilda Anisim Belarus prezidentligiga nomzodini qoʻyishini eʼlon qilgan. Biroq uning nomzodligi yana rad etilgan va Vakillar Palatasidagi muddati tugatgach, Yakub Kolas Tilshunoslik Institutiga qaytib borgan.
Manbalar
Turkum:28-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:1962-yilda tugʻilganlar Turkum:Siyosatchi ayollar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar