Mamma jangi yoki Mammes jangi () – 688-yilda Umaviylar xalifaligining arab musulmon kuchlari va Altava qirolligi Caecilius boshchiligidagi berberlar oʻrtasida kechgan jang.
Tarixi Arab lashkarboshisi Uqba ibn Nafiy qoʻshini bilan Shimoliy Afrikani bosib oʻtib, Atlantika okeanigacha yetib bordi va janubda Dra va Sus daryolarigacha yurishni davom ettirdi. Sharqqa qaytayotganda Caecilius boshchiligidagi Vizantiya imperiyasi hamda berberlarning ittifoqchi qoʻshinlari tomonidan toʻsatdan hujumga uchradi. Bu jang tarixda Vescera jangi deb atalib, 682-yilda Uqbaning qoʻshini magʻlub etilgan, uning oʻzi esa oʻldirilgan. Oʻsha vaqtda Caecilius Shimoliy Afrika ustidan soʻzsiz hukmronlikni qoʻlga kiritdi va gʻalabali yurish bilan Qayravon tomon yoʻl oldi.
Abddulmalik ibn Marvon xalifa boʻlgach, oʻz xalifaligi hududlarini kengaytirishda samarali harakat qildi. Shu sababli, Barqada joylashgan Zuhayr ibn Qaysga Ifriqiya va uning poytaxti Qayravonni qayta egallash uchun qoʻshin tortishga buyruq berdi.
Kuchliroq qarshilik koʻrsatish uchun Caecilius Aurès togʻlariga joylashib oldi, bu esa unga magʻlubiyatga uchragan taqdirda, orqaga chekinish imkonini berardi. Shu bilan birga, musulmon sarkardasi Zuhayr Qayravon tashqarisida qarorgoh qurishga qaror qildi.
Mamma vodiysida boʻlib oʻtgan ogʻir jangdan soʻng, arab bosqinchilari, nihoyat, mudofaa qoʻshinlarini magʻlub etishga qirol Caeciliusni oʻldirishga muvaffaq boʻldi.
Oqibati Arablar qoʻmondoni Zuhayr va uning qoʻshinlari bosqinchi Vizantiya imperiyasiga qarshi kurash uchun Barqaga qaytib ketdi. Vizantiya kemalari koʻp sonli askarlari bilan kelib, arablarni magʻlubiyatga uchratdi va Zuhayrni oʻldirdi.
Turkum:688 Turkum:Umaviylar xalifaligi ishtirokidagi janglar