Luís Filipe Madeira Caeiro Figo (1972-yil 4-noyabrda tugʻilgan) — portugaliyalik sobiq professional futbolchi, „Sporting CP“, „Barcelona“, „Real Madrid“ va „Inter Milan“ klublarida vinger sifatida toʻp surgan. Figo Portugaliya terma jamoasi safida 127 marta maydonga tushgan va bu oʻz vaqtida rekord natija boʻlgan. Figo oʻz avlodining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri va sport tarixidagi eng buyuk vingerlardan biri sifatida keng eʼtirof etiladi. U UEFA Chempionlar Ligasida barcha vaqtlardagi portugaliyalik eng yaxshi golli uzatma mualliflari oʻrtasida ikkinchi oʻrinda turadi (15).

Figo 2000-yilda „Oltin toʻp“ni qoʻlga kiritgan, 2001-yilda FIFA tomonidan „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ deb topilgan va 2004-yilda Pele uni dunyodagi eng buyuk tirik futbolchilarning „FIFA 100“ roʻyxatiga kiritgan. Figo Ispaniyaning azaliy raqiblari boʻlmish „Barcelona“ va „Real Madrid“ klublarida toʻp surgan sanoqli futbolchilardan biridir. Uning 2000-yilda „Barcelona“dan „Real Madrid“ klubiga oʻtishi 62 million yevroni tashkil etib, transfer qiymati boʻyicha jahon rekordini oʻrnatgan.

Figo oʻzining juda muvaffaqiyatli faoliyati davomida Portugaliya kubogi, toʻrtta La Liga chempionligi, ikkita Ispaniya kubogi, uchta Ispaniya Superkubogi, bitta Chempionlar ligasi chempionligi, bitta UEFA kubok egalari kubogi, ikkita UEFA Superkubogi, bitta Qitʼalararo kubok, toʻrtta A Seriya chempionligi, bitta Italiya kubogi va uchta Italiya Superkubogi kabi qator sovrinlarni qoʻlga kiritgan. Xalqaro miqyosda u Portugaliya terma jamoasi safida 32 ta gol urib, uchta Yevropa chempionati va ikkita Jahon chempionatida mamlakat sharafini himoya qilgan hamda jamoasining Yevro-2004 musobaqasida finalga chiqib, ikkinchi oʻrinni egallashiga, shuningdek, 2006-yilgi jahon chempionatida yarim finalgacha yetib borishiga yordam bergan.

Yutuqlari Sporting CP

Portugaliya kubogi: 1994–95 Barselona

La Liga: 1997–98, 1998–99 Qirol kubogi: 1996–97, 1997–98 Ispaniya Superkubogi: 1996 UEFA kubok egalari kubogi: 1996–97 UEFA Superkubogi: 1997 Real Madrid

La Liga: 2000–01, 2002–03 Ispaniya Superkubogi: 2001, 2003 UEFA Chempionlar Ligasi: 2001–02 UEFA Superkubogi: 2002 Qitʼalararo kubok: 2002 Inter Milan

A Seriya: 2005–06, 2006–07, 2007–08, 2008–09 Italiya kubogi: 2005–06 Italiya Superkubogi: 2006, 2008 Portugaliya yoshlar terma jamoasi

16 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 1989 FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati: 1991 Portugaliya

UEFA Yevropa chempionati finalchisi: 2004 Shaxsiy yutuqlari

21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining oltin futbolchisi: 1994 Portugaliya oltin toʻpi: 1994 Sporting CP yilning eng yaxshi futbolchisi: 1994 Portugaliyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 1995, 1996, 1997, 1998, 1999, 2000 ESM yilning eng yaxshi jamoasi: 1997–98, 1999–00 La Liganing eng yaxshi assistenti: 1998–99, 2000–01, 2002–03 La Ligada yilning eng yaxshi xorijlik futbolchisi: 1999, 2000, 2001 UEFA Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2000, 2004 Yilning eng yaxshi futbolchisi: 2000-yil „Oltin toʻp“ sohibi: 2000 FIFA Jahonning eng yaxshi futbolchisi: 2001-yil; kumush mukofot: 2000-yil El Pais Yevropa futboli qiroli: 2000-yil RSSSF yilning eng yaxshi futbolchisi: 2000-yil UEFA Chempionlar ligasining eng yaxshi assistenti: 2000-01, 2004-05 UEFA yilning eng yaxshi jamoasi: 2003 FIFA Jahon chempionatining yulduzlar jamoasi: 2006-yil „Inter Milan“ yilning eng yaxshi futbolchisi: 2006 FIFA 100 Golden Foot: 2011, futbol afsonasi sifatida IFFHS afsonalari Ordenlar

Shahzoda Genri ordeni ofitseri Vila-Visoza Begʻubor homila ordeni ritsari (Bragansa uyi)

Yana qarang Xalqaro darajadagi 100 va undan ortiq oʻyinlardan maydonga tushgan erkak futbolchilar roʻyxati Manbalar

Havolalar

Luís Figo Real Madrid saytida Luís Figo footballeras saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Portugaliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 1996 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2000 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi Turkum:FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi gʻoliblari Turkum:Oltin globus (Portugaliya) sovrindorlari Turkum:Oltin toʻp sohiblari Turkum:FIFA 100