Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi – Oʻzbekiston Respublikasining futbol boʻyicha milliy terma jamoasidir. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan boshqariladi.
1994-yilda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi va FIFA tomonidan rasman qabul qilingan.
Markaziy Osiyo milliy futbol terma jamoalari (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston) ichida eng kuchlisi hisoblanadi.
1994-yilgi Osiyo Oʻyinlari gʻolibi. 2011-yilgi Osiyo Kubogida yarim finalgacha yetib borgan. Osiyo kubogi musobaqalarida ishtirok etib kelmoqda. Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
Tarixi Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi 1992-yilda tashkil etildi. Milliy terma jamoa oʻzining ilk oʻyinini shu yil 17-iyunda Tojikistonga qarshi oʻtkazdi. Bu oʻyin FIFA tashabbusi bilan 1992-yilgi Markaziy Osiyo kubogi doirasida bir marta oʻtkazilgan. Bu oʻyinlar Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga 1992-yildan beri FIFA shafeligida oʻtkaziladigan turnirlarda ishtirok etishiga ruxsat berilgan va shu asosida FIFA tomonidan rasman roʻyxatga olingan. Liga formatidagi ushbu turnirning qur’a tashlash marosimida Oʻzbekiston terma jamoasi Qozogʻiston terma jamoasidan keyin ikkinchi boʻldi.
Tashkil etilganining birinchi yilida faqat Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston terma jamoalari bilan oʻyin oʻtkazgan. 1993-yilda jamoa birorta ham oʻyin oʻtkazmagan.
1992-yilda Oʻzbekiston futbol boʻyicha MDH terma jamoasi aʼzosi boʻldi va oʻsha yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etgan.
Sobiq ittifoq respublikalarining aksariyati (Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldova, Latviya, Litva, Estoniya, Gruziya, Armaniston va Ozarbayjon) UEFAga aʼzo boʻldi. Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning boshqa respublikalari (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston) kabi OFKga aʼzolikni tanladi.
1994-yilda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi va FIFAga aʼzo boʻlgan. Oʻsha yili Yaponiyaning Xirosima shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida Xitoy terma jamoasini 4:2 hisobida magʻlub etib, futbol turniri gʻolibiga aylandi.
2025-yil 5-iyun kuni jahon chempionati saralashi oʻyinlari doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi kechgan 0:0 hisobidagi oʻyindan soʻng, oʻz tarixida ilk bor mundialga yoʻllanma oldi. Shu tariqa Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi, Rossiya va Ukraina ortidan jahon chempionatiga yoʻllanma olgan sobiq Sovet Ittifoqining uchinchi davlati boʻldi. Jamoa tasviri Taxalluslar Muxlislar va OAV tomonidan bir nechta laqablar bilan ataladi. Eng keng tarqalgani – „oq boʻrilar“. „Osiyo Italiyasi“ deb ham ataladi. Bunga Italiya va Oʻzbekistonning liboslari (oq va koʻk) jamoalarining ranglari oʻxshashligi hamda bu jamoalarning oʻxshash taktikasi sabab boʻlgan. „Humo qushlari“ deb ham nomlanadi. Humo qushi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi gerbida ham tasvirlangan. „Turonliklar“ degan taxallusi ham bor.
Homiylar Yetkazib beruvchiDavrAdidas1992—1997Admiral1998Grand Sport1999Adidas2000Hummel2001—2002Umbro2003Puma2004—2012Joma2013—2018Adidas2018 Jako2019—2025Uzcard2024—7SABER2025—Uzum2025—Korzinka.uz2026—
Uy stadioni Tashkil etilgan paytdan buyon futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining asosiy uy stadioni 1956-yilda qurilgan Toshkentdagi Paxtakor markaziy stadioni hisoblanadi. 12008 va 2012-yillarda stadion taʼmirlanngan va hozir 35000 tomoshabinga moʻljallangan.
2008—2012-yillarda qurilgan va 34 000 tomoshabinga moʻljallangan Bunyodkor stadioni ham Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasining uy stadioni hisoblanadi. JoyShaharOʻynadiYutuqDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazilgan gollarBirinchi oʻyinOxirgi oʻyinPaxtakorToshkent63361611150491992-yil 28-iyun2020-yil 8-oktyabrBunyodkorToshkent2114342982013-yil 26 mart2021-yil 29 martMHSKToshkent86202512007-yil 13-oktyabr2008-yil 27-avgustMarkaziyNamangan55001632022-yil 25 mart2022-yil 14-iyunJarToshkent3102332009-yil 14-noyabr2014-yil 29-mayDinamoSamarqand2200811999-yil 11-iyul1999-yil 18-avgustLokomotivToshkent1100212020-yil 3-sentyabr2020-yil 3-sentyabrAGMKOlmaliq1001012014-yil 27-may2014-yil 27-mayMarkaziyQarshi1010002007-yil 7-fevral2007-yil 7-fevralNBUToshkent1100812000-yil 29-fevral2000-yil 29-fevralJami10666221824168 Oxirgi yangilangan: 2022-yil 14-iyun. Statistikaga faqat FIFA tomonidan tan olingan rasmiy oʻyinlar kiradi.
Murabbiylar shtabi 2025-yil 5-iyun holatiga koʻra LavozimIsmBosh murabbiy Fabio CannavaroYordamchi murabbiy Eugenio AlbarellaFitnes-murabbiy Ciccio TroiseDarvozabonlar murabbiyi Antonio ChimentiTexnik direktor Guy KialaTarjimon Davron Ahmedov
Murabbiylik tarixi 2025-yil 5-iyun holatiga koʻra IsmMillatDavrOʻyinGʻalabaDurangMagʻlubiyatGʻalaba %Rustam Akramov1992-yil iyun – 1994-yil oktyabr18133272%Aleksandr Ivankov1995-yil iyul – 1995-yil noyabr40130%Bahodir Ibrohimov1996820625%Rustam Mirsodiqov1997-yil may – 1997-yil oktyabr1253442%Ubirajara Veiga da Silva1997-yil oktyabr – 1998-yil dekabr1154245%Mahmud Rahimov1999-yil iyul – 1999-yil noyabr760186%Viktor Borisov2000-yil fevral1100100%Pavel Sadirin2000-yil aprel – may10010%Yuriy Sarkisyan2000-yil sentyabr – oktyabr611417%Vladimir Salkov2000-yil dekabr – 2001-yil oktyabr21123657%Leonid Ostroushko2001-yil oktyabr1100100%Ravshan Haydarov2002-yil noyabr – 2004-yil noyabr 2005-yil iyun-iyul25136652%Hans-Jürgen Gede2005-yil fevral – 2005-yil aprel30120%Bob Houghton2005-yil iyul – dekabr422050%Valeriy Nepomnyashchiy2006-yil yanvar – dekabr632150%Rauf Inileyev2007-yil yanvar – 2008-yil sentyabr271341046%Mirjalal Qasimov2008-yil sentyabr – 2010-yil aprel1543827%Vadim Abramov2010 – 2012281151239%Mirjalol Qosimov2012 – 2015401991248%Samvel Babayan2015 – 201724161766%Roʻziqul Berdiyev201710010%Temur Kapadze2018-yil fevral–iyun40130%Héctor Cúper2018-yil avgust – 2019-yil sentyabr1774641%Vadim Abramov2019 – 202117100758%Srečko Katanec2021-yil avgust – 2025-yil yanvar26164661%Temur Kapadze2025-yil yanvar – noyabr1164166%Fabio Cannavaro2025-yil noyabr –822420%
Tarkibi 2025-yil 12-mart holatiga
Soʻnggi natijalar
Futbolchilar Eng koʻp oʻyinda ishtirok etgan futbolchilar
DarajaFutbolchiIshtirokGollarBirinchi oʻyinOxirgi oʻyin1Server Jeparov1282514-may 20025-sentyabr 20172Temur Kapadze1191014-may 200222-yanvar 20153Odil Ahmedov1082113-oktyabr 200715-iyun 20214Ignatiy Nesterov105021-avgust 200221-yanvar 20195Anzur Ismoilov10232-iyul 20075-sentyabr 20196Aleksandr Geynrix973114-may 20025-sentyabr 20177Aziz Haydarov8512-iyul 200713-oktyabr 20188Islom Toʻxtaxoʻjayev73228-yanvar 200915-iyun 20219Vitaliy Denisov72122-fevral 200611-sentyabr 201810Mirjalol Qosimov673117-iyun 199212-oktyabr 2005
Eng yaxshi toʻpurarlar
DarajaFutbolchiGollarIshtirokNisbatBirinchi oʻyinOxirgi oʻyin1Eldor Shomurodov37673-sentyabr 2015 hozirgachaMaksim Shatskix346118-avgust 199929-may 20143Mirjalol Qosimov316717-iyun 199212-oktyabr 2005Aleksandr Geynrix319714-may 20025-sentyabr 20175Server Jeparov2512814-may 20025-sentyabr 20176Odil Ahmedov2110813-oktyabr 200715-iyun 20217Igor Shkvirin203117-iyun 199217-oktyabr 20008Igor Sergeyev176610-sentyabr 201320-noyabr 20229Jafar Irismetov153625-may 199721-noyabr 200710Ulugʻbek Baqoyev145225-aprel 200129-may 2014
Manbalar
Havolalar Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi sayti Uzfootball.uz – Oʻzbekiston terma jamoasiga bagʻishlangan sayt – barcha oʻyinlar, futbolchilar, murabbiylar, toʻliq statistika footballfacts https://t.me/FAUzbekistan https://www.transfermarkt.com/uzbekistan/startseite/verein/3563
Turkum:Milliy futbol terma jamoalari Turkum:Osiyo milliy futbol terma jamoalari Turkum:Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi Turkum:Oʻzbekiston futboli