Marius Hügli (1993-yil 21-aprelda tugʻilgan) — taxallusi Marius Bear, shvetsariyalik qoʻshiqchi.

Marius Eurovision qoʻshiq tanlovi 2022da Shveytsariya nomidan Turin, Italiya shahrida oʻtkazilgan musobaqada „Boys Do Cry“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan.

Biografiyasi

Marius Bear Appenzell shahrida tugʻilib oʻsgan. U maʼlum muddat Avstraliyada yashagan va Shveytsariya hamda Avstraliya fuqaroligiga ega.

Bear qurilish mexanigi mutaxassisligi boʻyicha tahsil olgan hamda 2016-yildan buyon professional musiqiy faoliyat bilan shugʻullanib kelmoqda. Shuningdek, u Britaniya va Irlandiya zamonaviy musiqa institutida musiqa produserligi yoʻnalishida tahsil olgan.

Musiqiy faoliyatini Shveytsariya va Germaniyada koʻcha musiqachisi sifatida boshlagan.

2018-yilda uning ilk mini-albomi (EP) Sanity nashr etilgan 2019-yilda esa ilk studiyaviy albomi Not Loud Enough chiqarilgan..

2019-yilda u Swiss Music Award mukofotining Best Talent nominatsiyasida gʻolib boʻlgan.

2022-yil mart oyida Marius Bear Shveytsariyaning Eurovision 2022 tanlovidagi vakili sifatida eʼlon qilingan. Xonanda tanlovda Boys Do Cry qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan.

Qoʻshiq tanlovning birinchi yarim final bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan. Final bosqichida esa 78 ochko bilan 17-oʻrinni egallagan. Ushbu ochkolarning barchasi hakamlar hay’ati ovozlari hisobiga toʻplangan.

Tanlovdan keyingi intervyularidan birida Marius kelajakda Eurovision qoʻshiq tanlovida yana Shveytsariya nomidan qatnashish imkoniyatini koʻrib chiqishini bildirgan.

2022-yil oktabr oyida u Waiting For Love nomli yakkaxon qoʻshigʻini chiqargan. Keyinchalik mazkur qoʻshiq Eurovision uchun taqdim etilgan nomzod qoʻshiqlardan biri boʻlishini maʼlum qilgan.

Diskografiyasi

Studiya albomlari Nomi Maʼlumotlar Chartlardagi eng yuqori oʻrni CHE Not Loud Enough Nashr etilgan: 2019-yil 13-dekabr Leybl: Hi-Tea Formatlari: Raqamli yuklab olish, striming 20 Boys Do Cry Nashr etilgan: 2022-yil 25-mart Leybl: Hi-Tea Formatlari: Raqamli yuklab olish, striming 5

Mini-albomlar Nomi Maʼlumotlar Chartlardagi eng yuqori oʻrni CHE Sanity Nashr etilgan: 2018-yil 13-iyul Leybl: Mustaqil nashr Formatlari: Raqamli yuklab olish, striming 36 Slowmotional Nashr etilgan: 2023-yil 10-noyabr Leybl: My Crown Formatlari: Raqamli yuklab olish, striming — When We Get There Weʼll Know Nashr etilgan: 2024-yil 26-aprel Leybl: Hi-Tea Formatlari: Raqamli yuklab olish, striming — „—“ belgisi ushbu hududda chartga kirmagan yoki nashr etilmagan yozuvni bildiradi.

Filmografiyasi I Can See Your Voice () (1-mavsum, 2020) — sirli qoʻshiqchi

Mukofotlari va nominatsiyalari Yil Mukofot Nominatsiya Ish Natija Manba 2019 Swiss Music Awards Eng yaxshi yangi isteʼdod Oʻzi 2022 MTV Europe Music Awards Eng yaxshi shveysariyalik ijrochi 2023 Swiss Music Awards Eng yaxshi ijrochi

Manbalar