Fil qushlari, Epiornislar (, — baland + — qush soʻzlaridan) — Madagaskar orolida yashagan, Aepyornithiformes turkumiga mansub, qirilib ketgan uchmaydigan qushlar. Ular taxminan milodiy 1000-yillarda, ehtimol, inson faoliyati natijasida qirilib ketgan deb hisoblanadi. Hozirgi vaqtda fil qushlarining uchta turi tan olingan: ulardan biri Mullerornis urugʻiga, ikkitasi esa Aepyornis urugʻiga mansub. Aepyornis maximus ehtimol tarixda yashagan eng yirik qush boʻlgan, uning tuxumlari esa maʼlum amniotalar orasidagi eng yirik tuxumlar hisoblanadi.

Fil qushlari oʻtxoʻr boʻlib, odamlar kelishidan oldingi davrda Madagaskar ekotizimining muhim tarkibiy qismlaridan biri boʻlgan. Fil qushlari Toj suyaksiz qushlar infrasinfiga mansub (eskirgan nomlanish boyicha yuguruvchi qushlar (Ratitae) infrasinfi). Ularning hozirgi kungacha saqlanib qolgan eng yaqin qardosh turi faqat Yangi Zelandiyada uchraydigan kivilar hisoblanadi.

Turkum:Qushlar