Belarus (Belorussiya), Belarus Respublikasi () — Yevropa markazidagi davlat. Sharqiy Yevropa tekisligining gʻarbida joylashgan. Maydoni — 207,6 ming km2. Aholisi — 9 155 978 kishi (2024). 6 viloyat, 118 tuman, 102 shahar, 109 shaharcha bor (1996). Poytaxti — Minsk shahri. Belarussiya — dunyo davlatlari orasida eng tinch va osuda boy davlat. Aholisi 2024-yil 1-yanvar holatiga 9 155 978 kishi. Aholi soni boʻyicha 97-oʻrinda, hududi boʻyicha 84-oʻrinda turadi. 1995- yil 7- iyunda referendum natijalariga koʻra, mamlakat zamonaviy gerb va bayroqga ega boʻldi, bundan bir yil oldin — Konstitutsiya. U BMT , MDH , KXShT , Ittifoq davlati , sobiq YevrAzES va uning vorisi YeOII aʼzosi (hammuassisi) hisoblanadi.
Davlat tuzumi 300px|right|thumb Belarus Respublikasi — unitar demokratik ijtimoiy huquqiy davlat. 1996-yilgi referendumda qabul qilingan Konstitutsiyaga amal qiladi. Davlat boshligʻi — aholi tomonidan 5 yil muddatga saylanadigan prezident. Qonun chiqaruvchi vakolatli organi — Millat majlisi boʻlib, u Vakillar palatasi va Respublika Kengashidan iborat. Vakillar palatasining hamma 110 deputatini aholi saylaydi. Respublika Kengashining 64 deputatidan 56 nafari mahalliy kengashlar tomonidan saylanadi, 8 nafari prezident tomonidan tayinlanadi. Millat majlisining vakolat muddati 4 yil Ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat — Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Bosh vazirni Vakillar palatasining roziligi bilann prezident tayinlaydi.
Hududiy boʻlinishi + Belarus Respublikasining viloyatlari Viloyat Pochtaindeksі Tashkil topgansanasi Aholisi Maʼmuriy markazi Brest viloyati 224000 189007034-dekabr 1939 01 401 000 Brest Vitebsk viloyati 210000 1846122815-yanvar 1938 01 231 000 Vitebsk Gomel viloyati 246000 1819121415-yanvar 1938 01 464 500 Gomel Grodno viloyati 230000 1959010320-sentabr 1944 00 1 072 000 Grodno Mogilyov viloyati 212000 1912021415-yanvar 1938 01 095 000 Mogilyov Minsk viloyati 220000 1836061515-yanvar 1938 01 422 000 Minsk
Tabiati Belarusning yer yuzasi tekislik boʻlib, shimoli-gʻarbida botqoq bosgan pastliklar va koʻllar juda koʻp. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharq tomon Belarus Qirlari choʻzilgan, eng baland qismi (Minsk qirlari) dengiz sathidan 345 m baland (Dzerjinskiy togʻi). Belarus qirlaridan janubi-sharqda qator tekisliklar, shimoli-gʻarbda morena tepaliklari chuzilgan. Belarusning janubiy qismini botqoqlashgan keng pasttekislik — mutlaq balandligi 100 – 150 m boʻlgan Belarus Polesyesi egallaydi; botqoqlik, oʻtloqlar orasida balandligi 5–8 m li qum tepalari koʻp. Qumlik joylar qaragʻayzor bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan kaliyli tuz konlari bor (Starobin va Petrikov konlari), janub va janubi-sharqda tosh tuz, Pripyat botigʻida neft, koʻmir bor. Torf, qum, gil konlari mavjudPo naseleniyu iz ne imeyuщix vixoda k moryu evropeyskix gosudarstv Belorussiyu (menee 9,5 mln jit.) operejayut Чехия (sv. 10 mln jit.), Венгрия (sv. 10 mln jit.) i Сербия (9,9 mln jit.).Казахстан takje ne imeet vixoda k moryu (Каспийское море, kotoroe omivaet Западный Казахстан, yavlyaetsya vnutrimaterikovim ozerom), evropeyskaya chast Kazaxstnana (pri provedenii granitsi Yevropa-Aziya po Mugodjaram i reke Embe) previshaet po ploщadi Belorussiyu..
Iqlimi 300px|right|thumb|Daryo Iqlimi kontinental iqlim bilan dengiz nihimi oʻrtasida, Atlantika havo massalari uni ancha yumshatib turadi. Yanvarning oʻrtacha harorati janubi-gʻarbda — 4,4 °C, shimoli-sharqda — 8 °C, iyulniki shimolda 17 °C, janubda 18,8 °C. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 550 – 700 mm. Yogʻinning kup qismi yoz oylariga toʻgʻri keladi. Botqoqliklar, daryo va koʻllar koʻpligidan yerlari zax. Vegetatsiya davri shimoli-sharqda 178 kun, janubi-gʻarbda 208 kun. Eng yirik daryolari Dnepr (irmoqlari Berezina, Pripyat, Soj va boshqalar), Daugava, Neman (irmogʻi Neris), Bugʻ. Bu daryolarning koʻp qismida ogʻoch oqiziladi, eng yiriklarida kema qatnaydi. Baʼzi daryolarda GESlar qurilgan. Belarus koʻllarining eng yiriklari: Naroch, Osvey, Drisvyati, Chervonoye, Vigonovskoye. Tuprogʻi asosan unumdorligi yuqori boʻlmagan chimli podzol va torfbotqoq tuproq, daryo qayirlarida esa allyuvial tuproqlardir.
Oʻrmonlari Belarus aralash oʻrmonlar mintaqasida joylashgan boʻlib, maydonining 30% dan koʻprogʻi oʻrmon bilan qoplangan. Igna bargli va keng bargli oʻrmonlar, oʻtloqlari va botqoq oʻsimliklari koʻp. Qaragʻayzorlar, qayinzorlar va qayragʻochzorlar, dub, grab, zarang kabi keng bargli daraxtzorlar katta maydonni egallaydi. Tulki, olmaxon, quyon, suvsar, oqsichqon koʻp; bugʻu, qoʻngʻir ayiq, silovsin, los, elik, toʻngʻiz, yumronqoziq, boʻri uchrab turadi. Daryo va koʻllarida leshch, tovonbaliq, choʻrtan, laqqa, ilonbaliqlar, ondatra bor. Suvda suzuvchi qushlar tarqalgan. Belarus hududida Pripyat va Berezina qoʻriqxonalari, Belaya Veja pushchasi bor.
Aholisi Asosiy aholisi — belaruslar. Ruslar, polyaklar, ukrainlar, tatarlar, yahudiylar va boshqa ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi — 1 km2 ga 49,4 kishi toʻgʻri keladi. 68,9% aholi shaharlarda istiqomat qiladi. Davlat tili belarus va rus tillari. Eng yirik shaharlari: Minsk, Gomel, Vitebsk, Mogilyov, Bobruysk, Grodno, BrestNatsionalniy statisticheskiy komitet Respubliki Belarus. Perepis naseleniya — 2009. Statisticheskie publikatsii..
Tarixi 300px|right|thumb|Sofiylik sobori 300px|thumb|left|Dunyo qasri Belarus hududida oʻrta paleolit davridan odam yashay boshlagan (100 — 35 ming y. muqaddam); neolit davrida (miloddan avvalgi 5-ming yillik oxiridan 3-ming yillik oxirigacha) dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanishga oʻtgan. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida hind-yevropa qabilalari koʻchib kelgach, ularning taʼsirida jez asriga oʻtiddi. Bu yerda temir davri miloddan avvalgi 8 — VI asrlardan milodiy VIII asrgacha davom etdi. Milodiy 1-ming yillik 2-yarmida Belarus hududida 3 slavyan qabilalari: krivichi, dregovichi va radimichilar uyushmasi vujudga keldi, keyinchalik ular oʻrniga knyazliklar tashkil topdi. X asr oxiridan knyazliklar Kiyev Rusi tarkibiga kirdi. XIII asr 2-yarmida Rossiyaning gʻarbiy chekkalariga Buyuk Litva knyazligi hujum qila boshladi. Mamlakatdagi parokandalik va tatarmoʻgʻullarning hamlalari sharoitida bu knyazlik Gʻarbiy rus yerlarini osonlikcha zabt etdi. Shu paytdan boshlab bu yerlar „Belaya Rus“ („Oq Rus“) deb yuritiladigan boʻldi (belarus atamasi shundan kelib chiqdi). 15 — XVI asrlarda Belarusda xususiy yer egaligi rivojlandi. Belaruslarning Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlari jonlandi. Buyuk Litva knyazligi Belarus va Ukrainadagi hukmronligini mustahkamlash uchun 1569-yilda Polsha bilan ittifoq (Lyublin uniyasi) tuzdi. Shu tariqa Rech Pospolita federativ davlati iujudga kelib, Belarus uning tarkibiga kirdi. XVI asrda Yevropa Uygonishi Belarus madaniyatiga taʼsir oʻtkazdi. Reformatsiyaning turli oqimlari tarqaldi. Qishloq xoʻjaligi tez rivojlandi, uning mahsuloti Gʻarbiy Yevropa bozorlariga olib borib sotila boshladi. Koʻpchilnk shaharlar oʻzini oʻzi boshqarish huquqini oldi (Magdeburg huquqi). 1595-yilda S. Nalivayko boshchiligidagi ukrain kazaklari Belarusga yurishlar uyushtirdi. 1648 — 1651-yillarda ukrain xalqining ozodlik kurashi taʼsirida janubiy va sharqiy Belarusda yirik yer egalariga qarshi katta gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Rossiya davlatining Rech Pospolita bilan 1654 — 67 yillardagi urushi va 1700 — 21 yillardagi Shimoliy urush davrida Belarus qattiq aziyat chekdi. XVIII asr oʻrtalaridan Belarus xoʻjaligi yuksala boshladi, ammo qoʻshni davlatlarning aralashuvi bunga xalaqit berdi. 1772-yilda Rech Pospolitaning birinchi boʻlinishi natijasida Belarusning sharqiy qismi Rossiya imperiyasiga qoʻshib olindi, 1793-yilda Rech Pospolitaning ikkinchi bor parchalanishi oqibatida Belarusning markaziy qismi ham Rossiyaga qaram boʻlib qrldi. T. Kostyushko boshchiligidagi qoʻzgʻolon (1794) bostirilgach, 1795-yilda Gʻarbiy Belarus Rossiyaga qoʻshib olindi. 1812-yilgi urushda polyaklarga xayrixoh boʻlgan belarus shlyaxtasi Buyuk Litva knyazligining tiklanishiga umid qilib, Napoleonni qoʻllab-quvvatladi. XIX asr boshlarida demokratik va milliyozodlik goyalari tarqala boshladi, yashirin jamiyatlar vujudga keldi, ular Polsha, Belarus va Litvadagi 1830 — 31 yillar qoʻzgʻoloniga zamin hozirladi. 1861-yilda Belarus dehqonlari krepostnoylikdan xalos boʻldi. 1863 — 64 yillarda boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolon burjua islohotlari oʻtkazilishiga taʼsir qildi.
XIX asrning 2-yarmi 300px|thumb XIX asrning 2-yarmida Belarusda kapitalizm jadal rivojlandi, temir yoʻllar qurildi, banklar ishlay boshladi. 1905 — 07 yilgi inqilob belarus milliy ozodlik harakatini kuchaytirdi. 1914 — 1918-yillardagi Birinchi jahon urushi davrida Belarus yerlari harbiy harakat maydoniga aylandi. 1915-yilda uning gʻarbiy qismini Germaniya qoʻshinlari bosib oldi. 1917-yil Oktabr toʻntarishidan soʻng Minskda ham sovet hokimiyati eʼlon qilindi (1917-yil 8-noyabr)Bendin A. Belarusi v Rossiyskoy imperii. K voprosu o formirovanii etnicheskoy identichnosti (vtoraya polovina XIX — nachalo XX vv.)... Belarus mustaqilligiga qarshi boʻlgan bolsheviklar 1917-yil Minskda Belarus davlati tuzilishini talab qilib chiqqan Umumbelarus sʼyezdini tarqatib yubordi. 1918-yil Fevral—martda nemis qoʻshinlari Belarusning deyarli barcha hududini egallab oldi. 1918-yil 25-martda Umumbelarus sʼyezdi delegatlari Belarusni mustaqil Belarus Xalq Respublikasi deb eʼlon qildilar. Bunga javoban Smolensk shahrida bolsheviklar Belarus Sovet Sotsialistik Respublikasi (BSSR) tuzilganligini eʼlon qildilar. 1918-yil noyabr — 1919-yil boshlarida Belarus nemis kushinlaridan ozod etilgach, 1919-yil 1-yanvarda Belarusning Muvaqqat ishchi-dehqon sovet hukumati oʻz manifesti bilan BSSR tashkil etilganligini eʼlon qildi. 1922-yil SSSR tashkil boʻlgach, BSSR ham SSSR tarkibiga kirdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida nemis bosqinchilari Belarus hududini egallab oldi. Belarus aholisining chorak qismiga yaqini halok boʻldi, milliy boylikning yarmidan koʻprogʻi yoʻq qilib tashlandi, yuzlab shahar va qishloqlar vayron boʻldi. Urushdan keyingi yillarda Belarus sanoati va qishloq xoʻjaligi tiklandi. 1986-yilgi Chernobil falokati oqibatlari belarus xalqi uchun fojiali boʻldi. 1990-yil 27-iyulda BSSRning davlat mustaqilligi haqidagi Deklaratsiya qabul qilindi. 1991-yil 19-sentabrdan mamlakat Belarus Respublikasi deb atala boshladi. 1991-yil dekabrdan MDH tarkibida. 1995-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari 1993-yil yanvarda oʻrnatilgan. Milliy bayrami — Mustaqillik kuni (3-iyul).
Xoʻjaligi 300px|right|thumb|Brests qamali Belarus koʻp tarmoqdi qishloq xoʻjaligi rivojlangan industrial davlat. Mashinasozlik, kimyo, neft kimyosi, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati ravnaq topgan. Qishloq xoʻjhaligida kartoshka va zigir tolasi yetishtirish, sutgoʻsht chorvachiligi, choʻchqachilik, parrandachilik rivojlangan.
Sanoati 300px|thumb|left|Belarus avtomabil zavodida ishlab chiqarilgan avtomabil