Afrika — kattaligi va aholi soni boʻyicha dunyoning ikkinchi qitʼasi. Afrika qitʼasi shu nomdagi materik va unga tutash orollardan iborat. Qadimgi finikiyaliklar "afarik" soʻzi bilan Karfagendan gʻarbda yashovchi qabilalarni ataganlar („afar“ soʻzi finikiyaliklar tilida „chang“ maʼnosini anglatgan). Rimliklar Karfagen va uning atroflarini bosib olganlaridan soʻng bu hududga Afrika nomini berdilar. Keyinchalik esa bu nom butun materik va qitʼaga nisbatan qoʻllana boshlagan. Afrikaning orollar bilan birgalikdagi maydoni — 30,3 mln. km2 ni tashkil etadi. Afrikaning oʻrtasidan ekvator chizigʻi, gʻarbidan esa bosh meridian oʻtgan. Shu tufayli Afrika ham Shimoliy, ham Janubiy, ham Sharqiy, ham Gʻarbiy yarim sharlarda joylashgan Afrika qirgʻoqlari shimolda Oʻrta dengiz, shimoli-sharqda Qizil dengiz, sharqda Hind okeani, gʻarbda Atlantika okeani suvlari bilan yuviladi. Qizil dengiz, Suvaysh kanali va Bob-al-Mandob boʻgʻizi Afrikani Osiyodan, Oʻrta dengiz va Gibraltar boʻgʻizi esa Yevropa qitʼasidan ajratadi. Afrika qitʼasi orol va yarimorollar ozligi bilan ajralib turadi. Uningtarkibiga Hind okeanidagi Madagaskar (sayyoramizdagi orollar orasida maydoni jihatidan 4-oʻrinda turadi), Maskaren, Komor, Seyshel orollari, Atlantika okeanidagi Yashil burun, Kanar, San-Tome va Prinsipi, Avliyo Yelena va boshqa orollar kiradi. Yagona yirik yarimoroli Somali hisoblanadi. Afrikaning hozirgi siyosiy xaritasida 54 ta mustaqil davlat mavjud. Qitʼa siyosiy xaritasining shakllanish tarixi oʻziga xos xususiyatlarga ega. Buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlab Afrikaning aksariyat hududlari Yevropa davlatlarining mustamlakalariga aylandi. XX asrning boshiga kelib Afrikada faqatgina 2 ta mustaqil davlat qolgan edi: bir necha ming yillik davlatchilik tarixiga ega Efiopiya hamda 1847-yil AQSHning yordamida barpo etilgan Gʻarbiy Afrikadagi Liberiya davlati. Qitʼaning qolgan hududi esa Buyuk Britaniya, Fransiya, Portugaliya, Belgiya, Germaniya, Italiya va Ispaniya tomonidan oʻzaro boʻlib olingan edi. Afrika davlatlari 1950-yillarda mustaqillikka erishisha boshladi. 1960-yil BMT tomonidan „Afrika yili“ deb eʼlon qilinib, shu yil qitʼadagi 17 ta mamlakat mustaqillikka erishdi va jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi. Koʻplab mamlakatlari 1960–1980-yillar mobaynida davlat mustaqilligini qoʻlga kiritdi. Qitʼadagi eng yosh davlatlar — 1990-yilda mustaqillikka erishgan Namibiya, 1993-yilda Efiopiyadan ajralib chiqqan Eritreya va 2011-yilda mustaqilligini eʼlon qilgan Janubiy Sudan hisoblanadi. Afrikadagi koʻplab davlatlarning chegaralari mustamlakachilik davrida shakllangan boʻlib, aksariyat hollarda tabiiy va etnik chegaralarga mos kelmaydigan sunʼiy koʻrinishga ega. Buning taʼsirida haligacha qitʼada turli harbiy mojarolar va davlat toʻntarishlari tez-tez sodir boʻlib turadi. Afrika siyosiy xaritasining oʻziga xos jihatlaridan biri yirik maydonli davlatlarning koʻpligidir. Jahondagi hududi 1 mln. km2 dan katta boʻlgan 29 ta davlatdan 12 tasi Afrikada joylashgan (Jazoir, KDR, Sudan, Liviya, Chad, Niger, Angola, Mali, JAR, Efiopiya, Mavritaniya, Misr). Jahon boʻyicha mavjud boʻlgan maydoni 1 ming km2 dan oshmaydigan 24 ta davlatdan atigi 1 ta — Seyshel orollari — Afrikaga tegishli. Afikada jami 6 ta orol mamlakatlari joylashgan. Ular Madagaskar, Kabo-Verde, Komor orollari, Mavrikiy, San-Tome va Prinsipi hamda Seyshel orollaridir. Dengizlarga chiqish imkoniyati yoʻq davlatlar soni boʻyicha Afrika qitʼalar orasida yetakchilik qiladi. Afrikada quruqlik ichkarisida joylashgan jami 16 ta davlat mavjud. Ularning qatorida Chad, Niger, Mali, Efiopiya, Zambiya, Botsvana, Janubiy Sudan kabi yirik davlatlar bor. Efiopiya jahonning quruqlik ichkarisida joylashgan 44 ta davlatlar orasida aholi soni boʻyicha yetakchisi hisoblanadi. Afrika davlatlaridan 51 tasi respublika, 3 tasi (Marokash, Svazilend (Esvatini), Lesoto) monarxiya boshqaruv shakliga ega. Maʼmuriy-hududiy jihatdan Afrikadagi 6 ta davlat — Nigeriya, Efiopiya, Sudan, Janubiy Sudan, Somali, Komor orollari — federativ tuzilishga ega. Afrika davlatlari boy va xilma-xil tabiiy resurslari, ayniqsa, mineral boyliklari bilan ajralib turadi. Neft va tabiiy gaz zaxiralariga Nigeriya, Jazoir, Liviya, Angola, Gabon, Kongo davlatlari boy. Qitʼada eng katta koʻmir zaxiralari bilan JAR ajralib turadi. JAR, Namibiya, Botsvana, Zambiya, KDR, Niger va boshqa koʻplab Afrika davlatlari rangli, qimmatbaho va radioaktiv metallar, olmosning yirik konlari bilan mashhur. Afrikada keng tarqalgan tabiat zonalari savann, chalachoʻl, choʻl hamda nam ekvatorial oʻrmonlar hisoblanadi. Shimoliy Afrikada sayyoramizdagi eng yirik choʻl — Sahroyi Kabir joylashgan. Uning janubiy chegarasi boʻylab choʻzilgan Saxel deb ataluvchi chalachoʻl xususiyatli tabiiy geografik oʻlka jahon boʻyicha aholisi va qishloq xoʻjaligi choʻllashish jarayonidan eng jiddiy zarar koʻrayotgan hudud hisoblanadi. Saxel Sudan, Chad, Niger, Mali, Mavritaniya kabi davlatlar hududini qamrab oladi.
thumb|240px|Afrika xaritasi
thumb|150px|Afrika mintaqalari:
thumb|150px|right
thumb|150px|right
Shimoliy Afrika Jazoir Misr Liviya Marokash Sudan Tunisiya Gʻarbiy Sahara (Morokash)
Gʻarbiy Afrika Mallavoy Burkina Faso Cape Verde Kot-dʼIvuar Gambiya Gana Guinea Guinea-Bissau Liberiya Mali Mavritaniya Niger Nigeriya Senegal Syerra Leone
Geologik tuzilishi va relyefi Kattaligi jihatidan Osiyodan keyin 2-oʻrinda. Maydoni 29,6 mln.km², orollari bilan 30,3 mln.km². Aholisi 1.100 mln. kishi atrofida (2020). Deyarli oʻrta qismidan ekvator chizigʻi oʻtgan. Shimolidan janubga tomon qariyb 8 ming kmga choʻzilgan. Shimoliy qismining eni 7500 km (Almadi burnidan Xafun burnigacha). Janubiy qismining eni 3100 km. Shimolida Oʻrta dengiz, gʻarbda Atlantika okeani, sharqda Hind okeani va Qizil dengiz bilan oʻralgan. 120 km li Suvaysh boʻyni orkali Osiyo bilan tutashgan. Yevropadan Afrikani Gibraltar boʻgʻozi ajratib turadi (eng tor joyi 13 km). Afrikaga bir necha orollar kiradi: sharqda Madagaskar, Zanjibar, Sokotra, Mafiya, Pemba, Komor, Maskaren, Amirant va Seyshel o.lari; gʻarbda Madeyra, Kanar, Yashil Burun o.lari; Gvineya qoʻltigʻida Pagalu, San-Tome, Prinsipi, Bioko va uzoqrokdagi Vozneseniye, Santa-Yelena, Tristanda-Kunya olari va boshqa Qirgʻoqlari uzilmali, kam parchalangan, koʻpincha togʻlardan iborat. Qirgʻoq yaqinida pasttekisliklar bor. Qoʻltiqlari keng va ochiq, eng yiriklari — Gvineya va Sidra (Katta Sirt). Qulay buxtalari kam. Eng yirik yarim oroli — Somali.
Afrikaning koʻproq qismi Kembriydan oldin burmalangan platformadan iborat boʻlib, ustini paleozoy, mezozoy va uchlamchi hamda toʻrtlamchi davr jinslari qoplab yotadi. Qadimgi kristall jinsli zamin Markaziy Sahroi Kabir, Syerra-Leone, Sharqiy Sudan balandliklarida (anteklizalar), Kongo botigʻi atroflarida va ayniqsa, Sharqiy hamda Janubiy Afrikada yer yuzasiga chiqib yotadi. Platformaning shim. qismida (Sahroi Kabir, Sudan) zamin juda chuqur joylashgan (Sahroi Kabir — Arabiston platosi), janubiy qismida keng maydonlarda esa yer yuzasiga chiqib qolgan (Jan. Afrika qalqoni). Janubiy va shimoli-gʻarbda kembriydan oldingi platformaga zamini burmalangan platforma tuzilmalarining ayrim qismilari kelib qoʻshilgan. Bu tuzilmalar Kap togʻlarida va Atlas togʻlarining ichki rayonlarida yer yuzasiga chiqib qolgan. Alp burmalanishi davrida Afrikada Atlas togʻlarining shim. sohil boʻyi tizmalarigina koʻtarilgan. Kristall jinslardan iborat qadimgi peneplenlarning keng tarqalishi va choʻkindi jins qoplamalarining kam burmalanganli-gi natijasida materik relyefi yassidir. Afrikada plato va togʻliklar koʻp. Ularni tektonik yoriqlar boʻlib-boʻlib yuborgan. Qirlar hamda platolar ustida qoldiq choʻqqilar va vulkan togʻlari koʻtarilib turadi. Afrikaning eng baland nuqtasi — Kilimanjaro togʻidagi Kibo choʻqqisi (5895 m). Afrika koʻp qismining dengiz sathidan bal. 1000 m dan oshmaydi. Olimlar Afrika quyi paleozoy burmalanishi davrida Janubiy Amerika va Hindiston (Gondvana materigi) bilan quruqlik orqali birlashib turgan deb hisoblaydilar. Paleozoyda Sahroi Kabir — Arabiston platformasining ayrim qismlari dengizlar tagida qolgan. Afrikaning qolgan qismi relyefi uzoq davr davomida yemirilib tekislangan. Geologik tuzilishi va turli iqlim zonalarida tashqi omillarning relyefga turlicha taʼsir etishi natijasida materikda bir qancha geomorfologik oblastlar paydo boʻlgan: 1. Oʻrtacha balandlikdagi Atlas burma togʻlari. 2. Sahroi Kabir. Qumli choʻllar Sahroi Kabirning 1/4-1/8 qismini egallaydi. 3. Sudan tekisliklari oʻlkasi. Bu yerda orol shaklidagi togʻlar koʻp. 4. Yuqori Gvineya balandligi. Uning gʻarbida kristall jinsli qoldiq togʻlar va sharqida asosan qumtoshli platolar uchraydi. 5. Kongo botigʻi. 6. Habashiston togʻligi. 7. Somali zinapoyali platosi. 8. Uzilmalar va grabenlar bilan oʻyilgan Sharqiy Afrika togʻligi. Bu togʻlikning baʼzi joylari lava bilan toʻlgan va vulqonlar koʻtarilib turadi. 9. Janubiy Afrika Kalaxari botigʻini va uning atrofidagi balandliklarni hamda Kap togʻlarini oʻz ichiga oladi.
Afrika katta
Iqlimi Ekvator chizigʻi materikni teng ikki qismga boʻlib turganidan Afrikaning ekvatordan shim. va janubiy tomondagi qismlari bir xil iqlim mintaqalariga ega: ekvator iqlimi zonasidan keyin ekvator musson iqlimi, tropik va subtropik iqlim zonalari keladi. Ekvatordan shim. va janubiy tomonda yil fasllari bir-biriga teskaridir, yaʼni shimolida yoz boʻlganida janubida qish boʻladi va aksincha, Janubiy yarim sharda yezda oylik oʻrtacha temperatura 30°dan ortiq boʻlganda, shim. qismida pasayib 10°,25°ga tushadi. Yozda Afrikaning shimoliy yarmida oʻrtacha oylik temperatura 25ye, 30° (Sahroi Ka-birda), janubiy yarmida esa 25ye, eng janubida 12ye boʻladi. Afrikadagi Tripoli shahri (Liviya) yaqinida Yer yuzida eng yuqori temperatura (58°) qayd kilingan. Kongo botigʻi va Gvineya qoʻltigʻining shim. sohilida juda koʻp (yiliga 1500–2000 mm) yogʻin tushadi. Afrikada eng seryogʻin joy Debunja (Kamerun togʻi etagi)da, yiliga 9655 mm yogʻin tushadi. Yogʻin miqdori, Sudanda janubidan shimolga tomon kamayib boradi. Qolgan rayonlarda ekvatorga hamda Hind okeaniga yaqinlashgan sari ortadi (200 mm dan 1500 mm gacha); Sahroi Kabirda, Kalaxarining janubi-gʻarbida va Namib choʻlida, iqlimni sovitib yuboradigan Bengela oqimi taʼsiri natijasida ahyon-ahyondagina bir oz yomgʻir (100–200 mm) yogʻadi. Afrikaning shimoliy va janubiy chekkalarida yomgʻir qishda (yiliga 600–700 mm) yogʻadi.
Suvlari Afrikada daryolarning geografik taqsimlanishi ham, sersuvligi ham turlicha. Atlantika okeaniga Kongo (Afrikadagi eng sersuv va uzunligi jihatidan ikkinchi oʻrindagi daryo — 4370 km), Niger, Oranj daryolari quyiladi. Hind okeaniga quyiladigan daryolardan eng kattasi Zambezi (2660 km). Oʻrta dengizga asosan Nil (Afrikadagi eng uzun daryo — 6671 km) quyiladi. Afrika maydonining 1/3 qismidan koʻprogʻi ichki suv havzalaridir. Bu yerlarda sernam mavsumlardagina suv oqadi (Sahroi Kabir, Kalaxari, Sharqiy Afrikaning bir qismi). Katta daryolar turli xil iqlimli oʻlkalardan oqib oʻtadi va rejimi juda murakkab. Dare oʻzanlarida ostonalar va sharsharalar koʻp (Nil ostonalari, Zambezidagi Viktoriya sharsharasi, Kongodagi Stenli va Livingston sharsharalari). Afrikadagi eng yirik koʻllar tektonik yoʻl bilan hosil boʻlgan: Sharqiy Afrikadagi Albert, Eduard, Kivu, Tanganika (chuq. 1435 m — chuqurligi jihatidan dunyoda Baykal koʻlidan keyin 2-oʻrinda), Nyasa, Rudolf koʻllari ana shulardandir. Afrikadagi eng yirik koʻl — Vik-toriya koʻli. Efiopiya togʻligida Tana koʻli bor, chala choʻl oʻlkalarida oqmaydigan shoʻr koʻllar koʻp (Chad, Ngami).
Tuproq va oʻsimliklari