thumb|150px Banionis Donatas (1924-yil 28-aprel — 2014-yil 4-sentyabr) — litva aktyori. 1941-yildan Panevej teatrida ishlaydi. 1980-yildan bosh rejissyor, 1984—1988-yillar badiiy rahbar va direktor. B. ijrosi chuqur psixologik talqini, kuchli ehtirosga boyligi bilan ajralib turadi. „Hech kim oʻlishni xohlamasdi“, „Oʻlik mavsum“, „Goyya“, „Solyaris“, „Trest“ operatsiyasi", „Nikkolo Paganini“ kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. B. ijodiga bagʻishlab „Men — kambagʻal qirolman“ va „Kichik shahardan chiqqan usta“ nomli filmlar ishlangan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Sovet erkak aktyorlari Turkum:1924-yilda tugʻilganlar Turkum:2014-yilda vafot etganlar Turkum:Litvalik erkak aktyorlar