Kalamin (lotincha Calamina) — mineral, ruhning suvli ortosilikati. Kimyoviy formulasi Zn2SiO4 • N2O. Kristallari rombik singoniyali, tayoqchasimon va ignasimon hamda toshma, donador va zich hosilalar koʻrinishida. Rangi tussiz, oq, sargʻimtir-yashilrokdan zangorigacha. Yashil-zangori tusda tovlanadi. Aliq ifodalangan piroelektrik xususiyatlarga ega. Qattiqligi 4—5; zichligi 3,4—3,5 g/sm’. Smitsonit va villemit bilan birgalikda qoʻrgʻoshinruxli konlarning oksidlanish zonasida vujudga keladi. Rux rudasi sifatida maʼlum. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston hududlarida (Olmaliqdagi Qoʻrgʻoshinkon, Qoramozorning koʻpgina konlari) keng tarqalgan. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Minerallar