Sulton Alp Arslon () – Yunus Oʻgʻuzning Saljuqiylar imperiyasi sultoni Alp Arslon hayoti haqida yozgan tarixiy romani.
Asar haqida Asar 2015-yilda Ozarbayjonning Boku shahrida „OL“ nashriyotida ozarbayjon tilida nashr etilgan. Kitob soʻzboshi muallifi Otaturk markazi direktori, deputat Nizomiy Jafarovdir. Ushbu Roman turk va oʻzbek tillariga tarjima qilingan. Oʻzbek tilida 2016-yilda Usmon Qoʻchqor tarjimasi bilan „Mumtoz soʻz“ nashriyotida chop etilgan. Ushbu asarga xalqaro „Oltin qalam“ mukofoti sohib Qulu Kəngərli va filologiya fanlari nomzodi Mahkam Mahmudov taqriz yozgan.
Mazmuni Asarda 1063–1072-yillarda hukmronlik qilgan Saljuqiylar imperiyasining ikkinchi sultoni Muhammad ibn Dovud – Alp Arslonning mamlakatni mustahkamlash va yanada kengaytirish yoʻlidagi harakatlari, Xuroson, Eronning bir qismi, Ozarbayjon, Gurjiston va Armanistonni zabt etgandan soʻng Vizantiya ustiga qilgan yurishlari haqida hikoya qilinadi. Muallif kitobdagi voqealarni tasvirlar ekan, ularning xronologiyasini ilmiy-publisistik aniqlik bilan beradi, shuningdek, tasavvufiy intervensiyalar oʻsha voqealarga sezilarli taʼsir koʻrsatgan degan xulosaga kelib, bu taʼsirlarning metafizik semiotikasini aniqlashga harakat qiladi.
Yana qarang
Alp Arslon Yunus Oʻgʻuz
Manbalar
Turkum:Tarixiy romanlar Turkum:Ozarbayjoncha kitoblar Turkum:2015-yil kitoblari Turkum:Tarjima kitoblar Turkum:Romanlar Turkum:Tarixiy kitoblar __INDEKS__